AQSh RFning Moldovadagi saylovlar 2-turiga aralashuvidan xavotirda

Jahon 15:50 / 24.10.2024 1716

Qo‘shma Shtatlar Rossiya moldovaliklarning o‘z rahbarlarini tanlashdagi suveren huquqidan foydalanishiga yana to‘sqinlik qilishga urinib ko‘rishidan xavotirda. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Moldovada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi arafasida ma’lum qildi. Uning 22 oktyabr, seshanba kuni aytgan so‘zlarini Davlat departamenti matbuot xizmati keltirdi.

«Rossiya Moldovada saylovlar va referendumni buzish va demokratiyaga putur yetkazish uchun hamma narsani qildi, shu jumladan noqonuniy moliyalashtirish va ovozlarni sotib olish, dezinformatsiya va zararli kiberhujumlar orqali», dedi Amerika diplomatiyasi rahbari bu mamlakatda 20 oktyabrda bo‘lib o‘tgan ovoz berish haqida. O‘sha kuni prezidentlik saylovlari va Kishinyovning Yevropa integratsiyasi yo‘nalishini konstitutsiyaviy mustahkamlash bo‘yicha referendum o‘tkazildi.

Moldovada saylovlarda ovozlarini «sotgan» fuqarolar jarimaga tortildi

20 oktyabr kuni prezidentlik saylovlari, shuningdek, konstitutsiyada Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish maqsadini mustahkamlab qo‘yish zarurligi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan Moldovada 23 oktyabr kuniga qadar Korrupsiyaga qarshi kurash milliy markazi politsiyadan «passiv saylov korrupsiyasi» holatlari haqida 350 ta xabar oldi. Departament saytida xabar qilinganidek, ushbu qoidabuzarlik munosabati bilan jami 1 million leyga yaqin (konvertatsiya qilinganda: 52 000 yevro) jarima solingan.

Qayd etilishicha, Moldova qonunchiligida «passiv saylov poraxo‘rligi»ga «saylovchi tomonidan har qanday shaklda tovarlar, xizmatlar yoki imtiyozlarni shaxsan yoki vositachi orqali talab qilish, qabul qilish yoki olish shaklidagi huquqbuzarlik» sifatida qaraladi. Bunday huquqbuzarlik uchun jarima 25 ming leydan 37 500 ley (1299 — 1949 yevro)gacha bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: