«Real» gollar shousi uyushtirdi
«Real» — «Borussiya» D 5:2
Gollar: Ryudiger (60), Vinisius (62, 86, 90+3), Vaskes (83) — Malen (30), Gittens (34).
«Real» – Kurtua, Mendi, Ryudiger, Militao, Vaskes, Modrich (Kamavinga, 71), Valverde, Bellinghem (Guler, 90), Vinisius, Mbappe (Seballos, 90), Rodrigo (Chuameni, 85).
«Borussiya» D – Kobel, Bensebayni, Shlotterbek, Zyule, Ryuerson (Jan, 76), Nmecha (Bayyer, 76), Zabitser, Gittens (Anton, 55), Brandt, Malen (Gross, 64), Girassi.
Ogohlantirish: Vinisius (87).
Chempionlar ligasining oxirgi finali remeyki — bu turdagi eng asosiy afishalardan biri edi. Qolaversa, bundan tashqari, «Real» va «Borussiya» o‘rtasida asosiy yevrokuboklardagi o‘ziga xos munosabatlar tarixi bor. Masalan, 2013 yilgi yarimfinalni yodga olish mumkin, o‘shanda, Robert Levandovski poker qayd etib, jamoasiga 4:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etgan, javob uchrashuvidagi 2:0 hisobi blankosga finalga chiqish uchun yetarli bo‘lmagandi. Yoki dortmundliklarning hozirgi bosh murabbiyi Nuri Shahin taxminan o‘sha vaqtlarda aynan sariq-qoralar safidan borib, qaymoqranglilarning asosiy tarkibiga kira olmagandi.
Oxirgi vaqtlarda «Real» Chempionlar ligasida nemis klublariga qarshi qiynalmoqda. O‘tgan mavsumda «Leypsig» va «Borussiya» jiddiy raqobat ko‘rsatgandi, bu mavsumda Madridda «Shtutgart» bazo‘r taslim etildi. Endi «Borussiya»ga qarshi navbatdagi uchrashuv kutayotgandi va o‘yinning birinchi bo‘limida hisob sensatson ko‘rinish oldi.
Mehmonlar o‘yinning ko‘proq qismida to‘pga egalik qilishdi, mezbonlar ko‘proq zarba berishdi – barchasi kutilganidek. Ammo keyin «Borussiya» to‘rt daqiqa ichida ikkita gol urdi. Avvaliga baland bo‘yli Seru Girassi Antonio Ryudigerga korpus qo‘ydi va to‘pni Doniell Malenga yetkazib berdi. Niderlandiyalik hujumchi to‘pga ilk teginishdayoq yaqin burchakni aniq nishonga oldi.
Chukwueze 🤝 Reijnders
— UEFA Champions League (@ChampionsLeague) October 22, 2024
Guirassy 🤝 Malen #UCLassiss | @Lays_football pic.twitter.com/9qAJM1I9kv
Va mehmonlar darhol ikkinchi golni urishdi. Bu safar hujum maydon markazidan emas, o‘ng qanot orqali amalga oshirildi. Malen chiziq bo‘ylab harakatlandi va darvoza tomonga pas berdi. Olis ustun oldida turgan Jyeymi Bayno-Gittens esa to‘pni darvoza to‘riga joyladi, Lukas Vaskes uni yopishga ulgurmadi. Uch kun muqaddam u «Selta»ning «Real»ga gol urgan futbolchisiga ham yeta olmagandi. Shunday pallalarda og‘ir jarohat tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqqan Dani Karvahalning yo‘qligi bilinmoqda.
Shundan keyin «Real» kuchli hujumlar uyushtirdi va «Borussiya»ni faqat mo‘jiza qutqarib qoldi. Avvaliga Rodrigoning bir necha metrdan yo‘llagan zarbasi to‘singa tegdi, ko‘p o‘tmay bu holat Jud Bellinghem bilan takrorlandi. Shu bilan birga, «Borussiya»ning yana bir hujumi gol bilan yakunlanishiga bir baxya qoldi, ammo darvozabon to‘sin ostiga borayotgan to‘pni qaytardi.
«Real» ikkinchi bo‘limga haddan tashqari yuqori ishtiyoq bilan tushdi. Mezbonlar raqibni butunlay bo‘g‘ib tashlab, hujum ketidan hujum uyushtirishdi. Vinisius va Federiko Valverde navbatma-navbat darvoza tomon zarbalar yo‘llashdi, ammo har safar ularga ozgina yetmay qolardi.
Ikkinchi bo‘lim boshida, hali hisob 2:0 ekanida Nuri Shahin hujumda faol bo‘lgan Gittens o‘rniga Antonni uchinchi markaziy himoyachi sifatida tushirdi, ammo bu foyda bermadi. Kilian Mbappe qanotda o‘z uslubida oldinga tashlandi va zarba berish pozitsiyasiga chiqib borgan Ryudigerni golli pas bilan ta’minladi.
«Real» bu bilan to‘xtamadi va bosim uyushtirishda davom etdi. Vinisius o‘yin oxirlarida ham dribling ishlatishda davom etdi. Mbappeda ham bir necha yaxshi vaziyat yuzaga keldi, «Borussiya» esa ikkinchi bo‘limda raqib darvozasi tomon yaqinlasha olmadi. «Real» pressinga evaziga to‘pni tezda qaytarib olaverdi. «Borussiya»da ikkinchi bo‘limda Maksimilian Bayyerda yaxshi vaziyat bo‘ldi, ammo Tibo Kurtua uning zarbasini qaytardi. Aynan shu vaziyatdan keyingi hujumda Lukas Vaskes g‘alaba golini urdi. Vinisius esa o‘yin oxirida yana ikki gol urib, het-trikni rasmiylashtirdi va «Oltin to‘p»ga haqli ekanini namoyish etdi.
Parijning dahshatli tushi
«PSJ» — «PSV» 1:1
Gollar: Hakimi (55) — Lang (34).
«PSJ» – Donnarumma, Mendesh, Pacho, Markinos, Hakimi, Fabian Ruis (Vitinya, 59), Nevesh, Zair-Emeri, Li Kan In (Asensio, 68), Barkolya, Dembele.
«PSV» – Benites, Dams, Boskali, Flamingo, Mauro Junior, Saybari, Tillman, Lang (Driauyex, 65), Til, Bakayoko, de Yong.
Ogohlantirishlar: Mendesh (40), Mauro Junior (45+2), Dams (77), Ledesma (90+1), Babadi (90+2), de Yong (90+3), Benites (90+6).
Yoshargan «PSJ» ichki chempionatda qanchalik oson o‘ynayotgan bo‘lsa, YeChLda shunchalik qiyin bo‘lmoqda. Niderlandiyaliklarga qarshi kechgan uchrashuv tanaffusigacha parijliklarning bu turnirda golga aylanmagan zarbalari soni 89 taga yetdi, fransuz superklubi o‘z tarixida ilk bor 400 daqiqadan iborat golsiz seriya o‘tkazdi. Holbuki jamoa yomon o‘ynamayapti va ko‘plab golli vaziyatlarga ega bo‘lmoqda. Bu o‘yinda ham Nunu Mendeshning diagonal uzatmasidan keyin Dembele darvozabon hududida yolg‘iz qolgandi, ammo u tepgan to‘p to‘singa tegdi.
PSV uchun bitta yaxshi hujum yetarli bo‘ldi, bu hujum agressiv pressing orqali boshlandi. To‘p Joau Neveshdan olib qo‘yilgach, qanotdan markazga ko‘chgan Lang Donnarummadan ildamroq harakat qilib, uning yaqin burchagini aniq nishonga oldi. O‘z navbatida, o‘yin davomida bir necha bor jamoasini qutqargan Benites ham alamli gol o‘tkazib yubordi. Hakimi jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘lladi (bu parijliklarning oldingi golidan buyon 95-zarbasi edi) va to‘p mehmonlar darvozabonining oyoqlari orasidan to‘rga borib tushdi.
Bir necha daqiqa o‘tib «PSJ» yana bir gol o‘tkazib yuborishi mumkin edi, ammo Gus Til yakkama-yakka vaziyatni yo‘qqa chiqardi. U epizodni o‘zi hal qilishi lozim edi, ammo sherigiga pas berishni afzal ko‘rdi, hujum orqadan yetib kelgan himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishi bilan yakunlandi. O‘yin oxirida Benites Markinosning yaqin masofadan yo‘llagan kuchli zarbasini qaytarib, o‘z aybini yuvdi. 107 zarba va 1 gol — bunday foydali ish koeffitsiyenti bilan YeChLda g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Luis Enrike asosiy yevrokubokdagi o‘yinlarining faqat 40 foiz qismida g‘alaba qozongan va ayni vaqtda u «PSJ»ning Qatar milliardlari davrida yevrokubok o‘yinlarida eng yomon natija ko‘rsatayotgan murabbiyi.
Jamoa turnirni «Jirona»ga qarshi qiyin o‘yin bilan boshlagan, qo‘shimcha daqiqalarda urilgan avtogol minimal hisobdagi g‘alabani taqdim etgandi. Keyingi turda esa «Arsenal» parijliklarga hech qanday imkon qoldirmadi. 3-turdagi durang hisob jamoaning umumiy jadvaldagi holatini yomonlashtirdi, keyingi turlarda «Bavariya» (safar), «Atletiko» (uy), «Manchester Siti» (uy), «Shtutgart» (safar) va «Zalsburg» (safar) kabi jamoalarga qarshi o‘yinlar kutmoqda.
Venger davridagi kabi
«Arsenal» — «Shaxtyor» 1:0
Gol: Martinelli (29).
Aniq ijro etilmagan penalti: Trossar (77).
«Arsenal» – Rayya, Kalafiori (Lyuis-Skelli, 72), Gabriel, Saliba, Uayt (Merino, 46), Martinelli, Rays, Parti, Jyezus (Sterling, 68), Haverts, Trossar (Jorjinio, 88).
«Shaxtyor» – Riznik, Pedro Enrike, Matviyenko, Bondar, Konoplya, Kriskiv, Bondarenko (Gomes, 87), Eginaldo (Traore, 84), Sudakov, Zubkov (Pedrinio, 64), Sikan (de Masedo, 64).
Ogohlantirishlar: Uayt (34), Martinelli (84), Pedrinio (90+6).
«Arsenal» birinchi bo‘limda hisobni qulay ko‘rinishga keltirib qo‘yish uchun yetarlicha vaziyatlar yaratdi. Ko‘p hollarda aniqlik yetishmadi, xususan, burchakdan uzatilgan to‘pga birinchi bo‘lib ulgurgan Kalafiorining zarbasi xato ketdi. Ammo aynan italiyalik himoyachi golli hujumni boshlab berdi. Uning yakunida Gabriel Martinellining zarbasidan keyin to‘p ustundan qaytdi, ammo «Shaxtyor» darvozaboniga tegib, rikoshet orqali darvozaga borib tushdi. Ikkinchi bo‘limda Trossar penaltini ura olmadi va bu yakunda qimmatga tushishi ham mumkin edi, qo‘shimcha daqiqalarda Rayya burchakka borayotgan to‘pni qaytarib, «kanonirlar» uchun g‘alabani saqlab qoldi. «Arsenal» YeChLda qatorasiga uch o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolmoqda, bunaqasi Arsen Venger boshqaruvidagi 2007 yildan buyon kuzatilmagandi.
Perin sehrgar emas
«Yuventus» — «Shtutgart» 0:1
Gol: Ture (90+2).
Aniq ijro etilmagan penalti: Miyo (86).
«Yuventus» – Perin, Kabal, Danilo, Kalulu, Savona (Kambiyazo, 55), Tyuram (Ruhi, 90), Fajoli, Makkenni (Lokatelli, 55), Yildiz, Vlahovich (Ajich, 68), Konseysau (Vea, 55).
«Shtutgart» – Nyubel, Mittelshtedt (Chase, 90+7), Shabo, Ruo, Vagnoman, Shtiller, Karazor, Miyo, Leveling, Undav (Rider, 74), Demirovich (Ture, 62).
Ogohlantirishlar: Demirovich (51), Ruo (54), Danilo (81).
Chetlatish: Danilo (84).
Turindagi o‘yinning ancha vaqtigacha asosiy qahramon VAR bo‘lib turdi. Ikkinchi bo‘lim boshida texnika Undavning golini bekor qilishga yordam berdi, hujumchi qo‘li bilan o‘ynagandi. O‘yin oxirida esa bosh arbitr monitorga taklif qilindi va u «Yuventus» sardori Daniluga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, mezbonlar darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Bu daqiqalarda turinlik muxlislar avvaliga boshini ushlab qolishdi, keyin esa quvonchdan hayqirishdi. Perin Miyoning burchakka yo‘naltirilgan zarbasini qaytarib, jamoaning asosiy yevrokubokda penalti qaytargan uchinchi darvozaboniga aylandi (bungacha Buffon va Shchensni). Ammo uning qahramonligini himoyachilar yo‘qqa chiqarishdi, qo‘shimcha daqiqalarda Ture darvozaga bir necha masofadan turib hech qanday qarshilikka uchramasdan zarba berdi. Mohiyatan buni sensatsiya deyish mumkin, ammo «Shtutgart» barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqibdan yaxshiroq ko‘rindi va g‘alabaga haqli edi.
Burchakdan urilgan gol
«Milan» — «Bryugge» 3:1
Gollar: Pulishich (34), Reynders (61, 71) — Sabbe (51).
«Milan» – Menyan, Teo, Tomori, Gabbiya (Tiav, 83), Emerson, Reynders, Fofana (Musa, 75), Loftus-Chik (Okafor, 60), Pulishich, Leau (Chukvueze, 60), Morata (Kamarda, 75).
«Bryugge» – Minole, de Keyper, Mexele, Ordones, Seys (Sabbe, 46), Nvadike, Vanaken, Yashari (Nilsen, 83), Tsolis (Olsen, 70), Talbi (Vetlesen, 46), Yutgla (Skuras, 70).
Ogohlantirishlar: Seys (20), Yashari (23), Leau (50), Morata (59), Gabbiya (71), Skuras (73), Kamarda (88).
Chetlatish: Nvadike (40).
«Milan»ning bu turnirdagi ilk g‘alabasi sari yo‘lni, o‘z o‘zidan, «rossonerilar»ning bu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi Pulishich ochib berdi. Amerikalik yarimhimoyachi — A seriyada 2024 yildagi eng yaxshi futbolchi bo‘lmoqda, u 9 bor assistentlik qilgan, 15-golini esa burchakdan turib darvozaga yo‘llash orqali urdi!
Keyin esa mudofaadagi xato va «Bryugge» zaxira futbolchisi Sabbe urgan goldan keyin mezbonlar yana barchasini boshdan boshlashiga to‘g‘ri keldi, ammo 40-daqiqada bir kishi kam bo‘lib qolgach, belgiyaliklar qiynalib qolishdi.
Ikkinchi bo‘limda Paulu Fonseka amalga oshirgan almashtirishlar ish berdi, lekin portugaliyalik mutaxassis Rafael Leauni maydondan olganida, muxlislar hushtakbozlik qilishgandi. Ushbu forvard o‘rniga Chukvueze maydonga chiqdi, ammo amalda uning chap qanotdagi pozitsiyasiga Okafor o‘tdi. Va Leau hali zaxira o‘rindig‘iga yetib bormasidan qanot bo‘ylab yugurgan shveysariyalik ushbu futbolchi Reyndersga golli uzatma berdi, yana o‘n daqiqa o‘tib niderlandiyalik yarimhimoyachi dublni rasmiylashtirdi.
O‘yindagi yana bir e’tiborli voqea Kamardaning maydonga chiqishi bo‘ldi, u 16 yosh-u 226 kunligida Chempionlar ligasida o‘ynagan eng yosh italiyalikka aylandi. Bungacha milliy rekord Moyze Kinga tegishli edi. O‘smirning goli bu voqea maksimal darajada chiroyli bo‘lishini ta’minlagan bo‘lardi, ammo u golni barvaqt nishonlashga kirishib ketdi, VAR esa ofsayd tufayli uning golini bekor qildi. Natijada forvard protokolda faqat futbolkasini yechgani uchun sariq kartochka olgan holda qayd etildi.
«Aston Villa»da yuz foizlik ko‘rsatkich
«Aston Villa» — «Bolonya» 2:0
Gollar: Makginn (55), Duran (64).
«Aston Villa» – Martines, Matsen, Torres, Karlos, Konsa, Tilemans (Kamara, 78), Onana (Barkli, 46), Makginn (Filojin-Baydeys, 66), Beyli (Remzi, 65), Rojyers, Duran (Uotkins, 65).
«Bolonya» – Skorupski, Likoyannis, Lukumi, Bekema, Posh, Fabbian, Froyler, Urbanski (Moro, 66), Ndoyye (Iling-Junior, 77), Dallinga (Kastro, 66), Orsolini (Odgor, 46).
Ogohlantirishlar: Orsolini (19), Posh (45), Likoyannis (47), Barkli (49), Froyler (53).
«Aston Villa» o‘yinni qiyin boshladi, shu tufayli Emiliano Martines zerikib qolmadi. Ammo argentinalik posbon asta-sekin estafetani «Bolonya»dagi ampluadoshi Skorupskiga o‘tkazdi. U bir necha bor qahramonlik ko‘rsatdi va raqib futbolchilarini asabiylashishga majbur qildi, ammo polshalik darvozabon maksimal darajadagi alamli gol o‘tkazib yubordi. To‘p Makginning uzatmasidan keyin hammadan o‘tib darvoza to‘riga borib tushdi.
Sardor ortidan odatda joker rolida tushadigan, bu safar Olli Uotkins o‘rniga asosiy hujumchi sifatida harakat qilgan Duran ham gol urdi. Kolumbiyalik futbolchi Rodjyersning uzatmasidan keyin qiyin vaziyatda turganiga qaramay, to‘pni darvoza to‘riga yo‘naltirdi va o‘rnini raqobatchisiga bo‘shatib berishdan oldin mavsumda ikkinchi bor boshlang‘ich tarkibda tushib urgan golini nishonladi. Unai Emeri o‘z tanlovi va turnirdagi start bilan faxrlanishi mumkin. Birminghemliklar uchta o‘yinda ham g‘alaba qozonib, o‘z darvozasidan biror marta gol o‘tkazib yubormadi va hozircha umumiy jadvalda peshqadam bo‘lib oldi. Turnirning oldingi formatida guruh bosqichida faqat 2012 yilda «Malaga» va 2016 yilda «Lester» dastlabki uch o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi.
Vayssiz Vayss va avstriyaliklar muvaffaqiyatsizligi
«Jirona» — «Slovan» 2:0
Gollar: Gutiyerres (42), Xuanpe (73).
Aniq ijro etilmagan penalti: Stuani (88).
«Jirona» – Gassaniga, Kreychi, Xuanpe, Franses, Gutiyerres, Martines, Errera, Martin (Miovski, 24), van de Bek (David Lopes, 83), Danjuma, Stuani.
«Slovan» – Takach, Vimmer, Kashiya, Bayrich, Tolich (Syoke, 84), Barsegyan, Blekmen, Savvidis (Gaydosh, 84), Ignatenko (Marselli, 78), Sharani, Strelets (Metsoko, 84).
Ogohlantirishlar: Tolich (15), Franses (45), Ignatenko (69), Barsegyan (71).
O‘tgan turdan keyin Vladimir Vayss jamoasidagi muhim futbolchisini yo‘qotdi — uning o‘g‘li, kichik Vladimir Vays — futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi. «Slovan»ning 34 yoshli sardori «Manchester Siti»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan keyin shunday qarorga keldi. Va usiz bratislavaliklar YeChLdagi boshqa bir debyutant, turnirda faqat himoyachilari gol urayotgan jamoaga yutqazdi. «Real» tarbiyalanuvchisi Guterres uchun bu asosiy yevrokubokdagi ilk muvaffaqiyati bo‘ldi. «Jirona»ning turnirdagi ilk g‘alabasiga Xuanpe ham hissa qo‘shdi. 33 yoshli himoyachi jarima zarbasidan keyin rikoshet orqali ikkinchi golni urdi.
«Shturm» — «Sporting» 0:2
Gollar: Santush (23), Dyokeresh (53).
«Shturm» – Sxerpen, Lavale (Hirlender, 90), Gayrhofer (Jonston, 59), Ayvu, Gazibegovich, Jatta (Zvonarek, 59), Beving, Chukvuani, Xorvat (Yardimji, 70), Yalkuyye (Shopp, 90), Biret.
«Sporting» – Israel, Inasiu, Debast (Sen-Jyust, 70), Eshgayyu (Reys, 56), Arauxo (Gonsalvesh, 70), Trinkau, Santush (Kenda, 84), Bragansa (Morita, 70), Yulmand, Katamu, Dyokeresh.
Ogohlantirish: Yalkuyye (39), Yardimji (90+4).
Avgust oyida Avstriya futboli birdaniga ikki jamoasi YeChLning asosiy bosqichiga chiqqanini tarixiy hodisa sifatida bayram qilgandi, ammo mamlakatning yetakchi klublari nufuzli turnirda muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. So‘nggi yillardagi gegemon «Zalsburg» inqiroz holatida, «Shturm» ham qatorasiga uch o‘yinda yutqazdi. Holbuki o‘tgan mavsum chempioni top-klublarga qarshi o‘ynamadi, lekin jamoa fonida «Sporting» shunday klub bo‘lib ko‘rinmoqda. 2:0 — lissabonliklarning raqibni ayagani bo‘ldi, saviyadagi farqni mehmonlar to‘purari Dyokeresh yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi. Birinchi golga uzatma bergan shvetsiyalik hujumchi ikkinchi bo‘lim boshida himoyachilar va darvozabonni bolalarcha aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi. «Sherlar» o‘z tarixida ilk bor YeChLning asosiy bosqichida uch o‘yindan iborat mag‘lubiyat seriya qayd etmoqda.
«Monako» serblarga istagancha gol urdi
«Monako» — «Tsrvena Zvezda» 5:1
Gollar: Minamino (20, 70), Embolo (45+4), Singo (54), Akliush (90+6) — Ndiayye (27, penalti).
«Monako» – Mayetski, Kayo Enrike (Diatta, 77), Kerer, Singo, Vanderson, Zakariyo (Matazo, 87), Kamara (Magassa, 77), Ben-Segir (Golovin, 46), Minamino, Akliush, Embolo (Ilenikena, 77).
«Tsrvena Zvezda» – Ilich, Olayinka, Mvumpa (Ilich, 60), Jiga, Spayich, Sol Yon U, Krunich (Rodich, 60), Elshnik, Maksimovich (Katai, 74), Duarte (Dalsiu, 7), Ndiayye (Kanga, 75).
Ogohlantirishlar: Kerer (26), Maksimovich (45+2).
Monakoda ham gollar shousi kuzatildi. Dastlabki yarim soatda serblar intrigani saqlab qolishga urinishdi va hatto penalti evaziga hisobni tenglashtirishdi, ammo bo‘lim oxirida gol o‘tkazib yuborishdi, 54-daqiqada esa navbatdagi hujumga dosh bera olishmadi: uzoq cho‘zilgan hujumdan keyin to‘p himoyachi Uilfrid Singoga yetib keldi va jarima maydoni tashqarisidan uzoq to‘qqizlikni aniq nishonga oldi. 70-daqiqada Takumi Minamino dubl qayd etdi va o‘yin masalasi muddatidan oldin hal bo‘ldi. Yakuniy hisob qo‘shimcha daqiqalarda Magnes Akliush tomonidan o‘rnatildi.
Kun statistikasi
Hozircha asosiy bosqichdagi 10 ta o‘yinda jamoalardan biri raqibi ustidan to‘rt yoki undan ko‘proq gol farqi bilan ustun keldi. Oldingi mavsum guruh bosqichi oxiriga qadar bunday o‘yinlar soni ham shuncha bo‘lgandi.
«Monako» 20 yildan buyon ilk bor YeChLda 5 ta gol urdi. Monegaskliklardan oxirgi bor 2004 yil dekabrida «Deportivo» shuncha gol o‘tkazgandi.
20 yosh-u 75 kun — «Borussiya» hujumchisi Gittens «Santyago Bernabeu»da «Real»ga gol urgan eng yosh angliyalik bo‘ldi.
«PSJ» turnir guruh bosqichida «Park de Prens»da kechgan qatorasiga 27 o‘yinda gol urdi.
«Real» hujumchisi Vinisius Junior 2021/22 yillar mavsumidan boshlab YeChLda 35 (20+15) samarali ball ishladi. Asosiy yevrokubokda bu oraliqda unga yetadigani yo‘q.
Umumiy jadvaldagi vaziyat: