Moskva Vashington Rossiyaning yadroviy doktrinasini o‘zgartirish bo‘yicha ishdagi tiyib turuvchi signalga e’tibor berishiga umid bildirdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.
«Klassik yadroviy tiyib turish to‘liq ishlamaydi, demak, bizning doktrinamiz o‘zgarishga muhtoj. Umid qilamizki, biz bu ishda qo‘llayotgan tiyib turuvchi signal Vashingtonda va NATOning boshqa poytaxtlarida tushuniladi va qabul qilinadi, Bryusseldagi harbiy rejachilar ham buni qabul qiladilar», — dedi Ryabkov, TASS agentligi uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Diplomatning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasining yadroviy quroldan himoya qilish sohasidagi davlat siyosati asoslariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishlar «maxsus harbiy operatsiya» davomida to‘plangan tajriba va Kiyevning «G‘arb homiylari tomonidan cheksiz qo‘llab-quvvatlashi» bilan bog‘liq barcha narsalarni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.
«Biz katta urushni xohlamaymiz, lekin Rossiya va rus xalqining asosiy xavfsizlik manfaatlariga cheksiz tajovuzga yo‘l qo‘ymaymiz», dedi vazir o‘rinbosari.
Ryabkovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv xavfini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.