RFda Visa va Mastercard xavfsizlik sertifikatlarining amal qilish muddati tugayapti

Jahon 08:11 / 23.10.2024 1355

2024 yil oxirida Rossiyaning ayrim banklarida Visa va Mastercard kartalari uchun chiplar xavfsizligi sertifikatlari bo‘lmaydi. Bu haqda RBK 22 oktyabr, seshanba kuni to‘lov bozoridagi to‘rtta manba va yirik banklar vakillariga tayanib xabar berdi.

Ushbu kartalarning keyingi ishlashi kredit tashkilotlarining o‘zlari qarorlariga bog‘liq bo‘ladi, dedi RBK suhbatdoshlari. Ularning fikriga ko‘ra, bu ommaviy tranzaksiyalarga ta’sir qilmaydi, biroq ba’zi to‘lovlar, masalan, jamoat transporti uchun to‘lovni amalga oshirish to‘xtab qolishi mumkin.

«Bu ommaviy tranzaksiyalarga ta’sir qilmasligi kerak, ammo, masalan, transportda yoki oflayn rejimda to‘lovni amalga oshirishda, ya’ni POS-terminal tarmoqqa ulanmagan hollarda muammo tug‘diradi. Bunday tranzaksiyalarning umumiy hajmdagi ulushi kichikdir», — dedi RBK manbalaridan biri. VTB boshqaruvi raisi Georgiy Gorshkovning so‘zlariga ko‘ra, sertifikatlarning amal qilish muddati bozordagi kartalarning 1 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismiga ta’sir qiladi, chunki «mijozlarning katta qismi allaqachon hamyonida «Mir» kartasiga ega».

Visa va Mastercard'ning Rossiyadan ketishi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlanganidan so‘ng, Visa va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlari Rossiyani tark etishga qaror qildi. Rossiya Federatsiyasida ushbu kartalar uchun xavfsizlik sertifikatlarining amal qilish muddati 2022 yildan beri birinchi marta tugaydi. RBK yozganidek, chip xavfsizligi sertifikatlari kartalarning amal qilish muddatiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin va banklar tomonidan turli muddatlarda sotib olinadi. Visa va Mastercard Rossiyani tark etishidan oldin bu sertifikatlarning amal qilish muddati uzaytirilgan edi, ammo endi banklar bu kartalarni to‘lovga qabul qilish yoki qabul qilmaslikni o‘zlari hal qiladi, dedi nashr suhbatdoshi.

Ko‘proq yangiliklar: