Uchrashuvda farmatsevtika, tibbiyot sohalarida viloyatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan biznes-forum samarali o‘tganligini qayd etgan Ali Mohamed, ushbu forum natijasida Farg‘onada tibbiyot sohasida yangi loyihalarga investitsiya kiritish istagi paydo bo‘lgani haqida ma’lum qildi.
Farg‘onada tibbiyot chiqindilarini qayta ishlash zavodi qurish bilan birga tibbiyotning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ham hamkorlik qilish taklifini bildirdi.
Viloyat rahbari suhbat davomida Onkologiya, yurak qon-tomirlari va endokrinologiya muhim yo‘nalishlardan ekanligini qayd etib, ushbu yo‘nalishlarda zamonaviy jahon standartlariga mos shifoxonalar qurish zarurligi va bu bo‘yicha hamkorlikni taklif qildi.
Bu borada tibbiyot sohasida loyihalarda faol ishtirok etayotgan tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlash taklifi bildirildi.