G‘azo rasmiylari: Isroil 250 mingdan ortiq yordam yuk mashinalari kirishini to‘sib qo‘ydi

Jahon 09:05 / 23.10.2024 2370

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi G‘azo sektoriga 250 mingdan ortiq gumanitar yordam yuk mashinasining kirib kelishiga to‘sqinlik qildi.

G‘azo hukumati matbuot xizmatiga ko‘ra, Tel-Aviv ma’muriyati G‘azo sektorida, xususan, Falastin eksklavi shimolidagi Jabaliya hududida ocharchilik inqirozini davom ettirmoqda.

«Oziq-ovqat va bolalar ovqati olib kirilishiga to‘sqinlik qilib, Isroil shu tariqa ocharchilik inqirozidan qurol sifatida foydalandi. Bu ham insoniyatga qarshi jinoyatdir», — deyiladi bayonotda.

G‘azo ma’muriyati Isroil armiyasining oxirgi chegara darvozasini 169 kun davomida butunlay yopib qo‘yganiga va Falastin eksklavi barcha qismlari qattiq blokadaga olinganiga e’tibor qaratdi.

Falastin eksklavi hukumati, shuningdek, G‘azo sektoridagi 2,4 million falastinlikka qarshi «ushbu dahshatli jinoyat yuzasidan xalqaro hamjamiyat va dunyo davlatlarining jim turishini tushunolmasligini» ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: