Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellen saylovda ikkinchi o‘rinni egallagan Avstriya xalq partiyasi yetakchisi, kansler Karl Nexammerga Avstriyaning g‘alaba qozongan o‘ng populist Ozodlik partiyasi rahbari Gerbert Kikl o‘rniga hukumat tuzishni topshirdi. Bu haqda 22 oktyabr, seshanba kuni AFP xabar berdi.
Unga ko‘ra, bu noyob pretsedentdir. Boshqa hech bir partiya o‘ng populistlar va ustunlikka erishgan Kikl bilan koalitsiyaga kirishni xohlamaydi. Sentyabr oyidagi saylovlardan keyingi dastlabki muzokaralar bosqichida u sheriklar topa olmadi.
«Vaziyat yangi yechimlarni talab qiladi»
Shu munosabat bilan Avstriya rahbari «mutlaqo noodatiy holat» haqida e’lon qilgan. «Vaziyat yangi bo‘lsa, u yangi yechimlarni talab qiladi», dedi Van der Bellen. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi masala «barqaror va imkon qadar tezroq harakat qila oladigan federal hukumatni yaratishning boshqa yo‘lini topish»dan iborat.
Davlat rahbari Nexammerdan uchinchi o‘rindagi Sotsial-demokratik partiya bilan koalitsiya muzokaralarini «zudlik bilan» boshlashni so‘radi.