AQSh va BAA G‘azo va Livandagi keskinlikni kamaytirish sa’y-harakatlarini muhokama qildi

Jahon 11:38 / 23.10.2024 1172

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken BAA tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan G‘azo sektori va Livandagi keskinlikni kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni muhokama qildi.

Davlat departamentining bildirishicha, telefon muloqoti chog‘ida tashqi siyosat rahbarlari G‘azodagi urushni to‘xtatish, barcha asirlarni ozod qilish va Falastin xalqining azobini yengillashtirishni muhokama qilgan.

Blinken va Ol Nahayon, shuningdek, Moviy chiziqdagi mojaro va BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasiga to‘liq mos keladigan diplomatik yechim topishga qaratilgan sa’y-harakatlarni ham muhokama qildi.

BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasi

BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasi Isroildan o‘z qo‘shinlarini Moviy chiziqdan tashqariga olib chiqishni va Livandagi chiziq va Litani daryosi o‘rtasidagi hududni demilitarizatsiya qilishni, u yerda faqat Livan armiyasi kuchlari va BMT tinchlikparvar kuchlarini qoldirishni talab qiladi.

Biroq, Livan janubidagi Litani daryosi va Moviy chiziq orasidagi deyarli butun hudud 2000 yildan beri «Hizbulloh»ning kuchli harbiy ta’siri ostida.

Ko‘proq yangiliklar: