Tashrif davomida Namangan viloyatining Chust tumanida joylashgan 10 gektar maydonda chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
Loyiha “Zarafshon” KSZ hududida amalga oshiriladi va uning qiymati 150 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyani tashkil etadi. Loyiha ishga tushishi natijasida 400 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Loyiha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 1-bosqich 2025 yilning to‘rtinchi choragida, 2-bosqich esa 2026 yilning uchinchi choragida ishga tushadi. 2024 yilda loyihani rivojlantirish uchun 25 million dollarlik investitsiya o‘zlashtiriladi.