Oliy Majlis Senatining 59-yalpi majlisi 23 oktyabr kuni chaqiriladi.
Yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan. Jumladan, telekommunikatsiya, ipakchilik sohalari, ombudsman, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xizmat faoliyatiga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi.
Kun tartibidan, shuningdek, Soliq, Bojxona, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, xalqaro tashkilotlarning bir qator hujjatlarini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar o‘rin olgan.