MG kompaniyasi TIAS 2024 ko‘rgazmasida ilg‘or modellari bilan ishtirok etadi

Jamiyat 18:28 / 22.10.2024 2878

MG stendi bu yilgi ko‘rgazmaning asosiy diqqat markaziga aylanishi kutilayotgani bejiz emas. Maxsus “britaniya uslubi”da bezatilgan ushbu eksklyuziv maydoncha tashrif buyuruvchilarga brendning flagman modellari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini taqdim etadi. MG kompaniyasi o‘zining nafisligi, innovatsiyalari va o‘ziga xos britan uslubi bilan ko‘rgazmaga kelganlarni lol qoldirishi shubhasiz.

Stendda kompaniyaning eng diqqatga sazovor va zamonaviy modellari taqdim etiladi. Avtomobillar muxlislari afsonaviy Cyberster rodsteri, jozibador 7 sportliftbeki, superqulay HS krossoveri va ZS krossoveri kabi modellarni yaqindan ko‘rish va ularni o‘zi baholash imkoniga ega bo‘ladilar. MGning har bir modeli zamonaviy texnologiyalar, shinam salon va yuksak harakatlanish samaradorligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan ZS modeli tashrifchilarning alohida e’tiborida bo‘ladi, chunki uning klassik dizayni va qudratli dvigateli har qanday avtomobilsevarni lol qoldirishi aniq.

 

MG mutaxassislari stendda bo‘lib, tashrifchilarning barcha savollariga javob berishga, test-drayv tashkil qilishga hamda mos avtomobilni tanlashda yordam berishga tayyor bo‘ladilar. Ko‘rgazma qatnashchilari avtomobillarning nafaqat tashqi qiyofasi va texnik jihatlarini, balki ularning salonining shinamligi va zamonaviy funksional imkoniyatlarini ham o‘zi baholash imkoniga ega bo‘ladilar.

MG avtomobillari ilk bor TIAS ko‘rgazmasida namoyish etiladi. Ular o‘zlarida dinamik dizayn va zamonaviy texnologik yechimlarni mujassam etgan bo‘lib, hatto eng talabchan haydovchilar ehtiyojlarini ham qondira oladigan yuqori darajadagi mahsulot sifatida tanilgan.

 

MG avtomobillari dunyodagi eng yirik avtomobil eksportchisi bo‘lgan Xitoyning SAIC Motor zavodida ishlab chiqariladi. SAIC Motor xalqaro standartlarga to‘liq mos keladigan ishlab chiqarish quvvatlari bilan yetakchi avtokonsernlardan biri hisoblanadi.

MG stendi nafaqat avtomobillar ko‘rgazmasi, balki yorqin taassurotlar va interaktiv ko‘ngilochar dasturlarga boy shouga aylanadi. Tashrifchilar o‘zlarini britan uslubi muhitida his qilishlari, nafis avtomobillar bilan suratga tushishlari mumkin. Brend vakillari esa ular uchun qiziqarli dasturlar tayyorlagan.

«Biz TIAS ko‘rgazmasida ishtirok etishdan va so‘nggi modellarimizni taqdim etishdan g‘oyat xursandmiz. O‘ylashimcha, MG avtomobillari o‘zbekistonliklarda unutilmas taassurot qoldiradi. Bizga tashrif buyuruvchilar MG sifatini shaxsan baholash, mutaxassislarimiz bilan suhbatlashish va batafsil maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar», — dedi MG Motor kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Valihovskiy K.V.

Barcha avtomobilsevarlar MG stendida brendning innovatsiyalari va haqiqiy yetakchiligiga guvoh bo‘lishlari mumkin.

Sayt: mg-motor.uz

Telefon: +998 (55) 514-88-88

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: