KXDR o‘z qo‘shinlarini Rossiyaga yuborgani haqidagi xabarlarni rad qildi

Jahon 19:34 / 22.10.2024 2445

KXDR vakili BMT yig‘ilishida o‘z qo‘shinlarini Rossiya tomonida jangovar harakatlarda qatnashish uchun yuborgani haqidagi bayonotlarni «asossiz mish-mishlar» deb atadi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

«Rossiya bilan harbiy hamkorlik deb atalayotgan mavzuga kelsak, mening delegatsiyam KXDR obro‘siga putur yetkazishga va ikki suveren davlat o‘rtasidagi qonuniy, do‘stona va sheriklik munosabatlariga zarar yetkazishga qaratilgan bunday asossiz stereotipik mish-mishlarga izoh berishni zarur deb bilmaydi», dedi KXDR vakili BMT Bosh assambleyasining qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida.

Bu KXDR rasmiysining ushbu mavzu bo‘yicha birinchi ommaviy izohidir. Bu bayonot Janubiy Koreya razvedkasining 1,5 ming shimoliy koreyalik askar Uzoq Sharqdagi Rossiya poligonlarida ekani haqidagi xabarlari fonida yangradi. Janubiy Koreya departamenti kelajakda harbiylar Ukrainadagi mojaro zonasiga yuborilishi mumkinligini taxmin qilgan.

18 oktyabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol KXDR qo‘shinlarining harakatini muhokama qilish uchun favqulodda xavfsizlik yig‘ilishi o‘tkazdi. 21 oktyabr kuni Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Seuldagi elchisi Georgiy Zinovyyevni chaqirtirdi. Uchrashuv chog‘ida Zinovyyev Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi hamkorlik xalqaro huquq doirasida amalga oshirilishi va Seulga qarshi qaratilmaganini ma’lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: