Kapitalbank Germaniyaning Commerzbank AG bilan bazaviy kredit bitimini imzoladi

Jamiyat 18:33 / 22.10.2024 1441

SIBOS 2024 doirasida Kapitalbank va Commerzbank AG o‘rtasida tashqi savdo shartnomalarini eksport-kredit agentliklari (ECA) kafolati ostida moliyalashtirish bo‘yicha Asosiy kredit bitimi imzolandi.


 "Kapitalbank” ATB  O‘zbekistondagi eng yirik xususiy banklardan biri bo‘lib, SIBOS 2024 ko‘rgazmasida eksponent sifatida rasmiy ishtirokchi bo‘lgan birinchi o‘zbek bankidir. Ushbu tadbir har yili Jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati (SWIFT) tomonidan tashkil etiladi va bu yil Pekinda 2024 yil 21-24 oktabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Kapitalbank xalqaro hamkorlar bilan bir qator strategik muhim muzokaralar o‘tkazmoqda.

Commerzbank AG bilan uchrashuvda  eksport-kredit agentliklarini qo‘llab-quvvatlovi va qoplashi ostida tashqi savdo shartnomalarini uzoq muddatli moliyalashtirish bo‘yicha Bitim imzolandi. Ushbu asosiy kredit bitimi ECA tomonidan qoplanadigan tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun kredit operatsiyalari bo‘yicha hamkorlik shartlarini belgilaydi.

Kapitalbank va Commerzbank AG o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston kompaniyalarining zamonaviy ilg‘or texnologiyalar va Yevropa mamlakatlari mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: