Kapitalbank Converse Bank bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi

O‘zbekiston 15:20 / 22.10.2024 1494

O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biri Kapitalbank va Armanistonning jadal rivojlanayotgan banki Converse Bank o‘rtasida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risida bosh kelishuv imzolandi. Bu kelishuv O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi moliyaviy va savdo aloqalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Endi Kapitalbank mijozlari tezlashtirilgan tartibda to‘g‘ridan to‘g‘ri operatsiyalarni amalga oshirishlari, Kavkaz mamlakatlarida tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar uchun foydali valuta ayirboshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kelishuvga ikki tomonlama erishildi.

— Ushbu kelishuv ikki davlat uchun yangi biznes imkoniyatlarini ochib beradi, o‘zaro investitsiyalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilaydi, shuningdek, tajriba va ilg‘or moliyaviy texnologiyalar almashinuvi uchun zamin yaratadi, – deydi Kapitalbank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismailov. — Kelishuvimiz moliya va tadbirkorlik faoliyatining turli yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam asos yaratishga qaratilgan. Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali nafaqat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, balki mintaqaviy biznesni rivojlantirishga ham salmoqli hissa qo‘shishimiz mumkin.

Converse Bank YoAJ haqida

1993 yilda tashkil etilgan jadal rivojlanayotgan bu bank Armaniston bo‘ylab 30 dan ortiq filiallariga ega bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga turli xizmatlarni taklif etadi.

Ko‘proq yangiliklar: