Isroil BMT maktabi va G‘azoning Rafah shahriga hujum qildi, 21 falastinlik halok bo‘ldi

Jahon 10:19 / 22.10.2024 1627

Isroil armiyasining blokadadagi G‘azo sektori shimolidagi Jyebaliya qochqinlar lageri va janubidagi Rafah shahriga uyushtirgan hujumlari natijasida 21 falastinlik halok bo‘ldi, ko‘plari yaralandi.

G‘azo sektoridagi Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Jyebaliya qochqinlar lagerida, BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam agentligining ko‘chirilganlarga boshpana bergan maktabi o‘qqa tutilgan. Otishma natijasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yetti kishi halok bo‘lgan.

Rafah shahrida Isroil uchuvchisiz uchoqlarining ikki hujumi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, Isroil armiyasi suv olish uchun navbatda turgan olomonga qarata o‘q uzgan, 6 kishi, asosan bolalar halok bo‘lgan.

2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida 42 603 kishi qurbon bo‘ldi, ulardan 11 378 nafari ayollar va 17 mingga yaqini bolalar, yana 99 795 nafari jarohatlangan.

Ko‘proq yangiliklar: