Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi

Fan-texnika 19:43 / 22.10.2024 730

Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi reklamalarda mashhur insonlarning yuzidan foydalanib, firibgarlik bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga qarshi kurash yo‘lida yuzni tanish texnologiyasini joriy etishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi BBC.

Ilon Mask hamda shaxsiy moliya bo‘yicha ekspert Martin Lyuis bu kabi firibgarliklar qurboniga aylangan. Lyuis Today dasturiga bergan intervyusida har kuni o‘z ismi va yuzidan foydalanilgan firibgarlik sxemalari bo‘yicha «son-sanoqsiz» xabarlarni olishini aytgan.

Meta hozirda sun’iy intellekt yordamida mashhur insonlar bilan bog‘liq yolg‘on reklamalarni tekshirish tizimidan foydalanmoqda, ammo uni endilikda yuzni tanish texnologiyasi yordamida kuchaytirish niyatida.

Tizim shuhbali deya topilgan e’londagi tasvirni uning Facebook yoki Instagramʼdagi haqiqiy profiliga joylashtirilgan suratlar bilan taqqoslaydi. Tasvirlar bir-biriga mos kelmasa, e’lon firibgarlikka oidligi aniqlansa, u avtomatik ravishda o‘chirib yuboriladi.

Meta uchun mashhur insonlar nomidan foydalanib, firibgarlik sodir etish holatlari anchadan beri muammo tug‘dirib kelmoqda. 2010 yillarda uning ahamiyati shu qadar oshib ketganidan Lyuis Facebookʼni sudga bergandi — oxir-oqibat texnologik gigant odamlar firibgarlik reklamasi to‘g‘risida xabar berishi mumkin bo‘lgan tugmani joriy etganidan keyin ish to‘xtatilgan.

Ammo shundan buyon firibgarlik tomonidan yaratilayotgan dipfeyklar ham ancha ishonarli chiqmoqda. Ular kompyuter yordamida yaratilgan tasvir yoki videolardan foydalanib, odamlarni chuv tushirishda davom etyapti.

Ko‘proq yangiliklar: