Vazir O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi munosabatlarning ildizlari mustahkam, ularning asosi tarix ekanligini ta’kidladi. Chexiyaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori bo‘lgan O‘zbekiston kelajakdagi hamkorlik uchun ulkan imkoniyatlarga ega.
"O‘tgan yil ikki tomonlama munosabatlarimizda hayratlanarli yangi sahifa boshlandi, – deb yozgan Yan Lipavskiy. – Bosh vazir Petr Fialaning Toshkentga va Bosh vazir Abdulla Aripovning Pragaga amalga oshirgan tarixiy tashriflari shunchaki ramziy ma’noga ega bo‘lmay, kengaytirilgan hamkorlik tuzilmasini yaratishga olib keldi.
Chexiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri uning mamlakati O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish tarafdori ekanini qayd etgan. Chexiya ham, O‘zbekiston ham farovon kelajak sari intilayotgan ekan, biz xalqlarimiz o‘sishi uchun barqarorlik va tinchlik zarurligini tan olamiz.
"Hamkorligimizdan maksimal darajada foydalanish uchun bizda hamma narsa bor. Shunday ekan, keling, ishga kirishaylik. Men bu imkoniyatlarni haqiqatga aylantirish uchun zarur bo‘lgan barcha narsani ta’minlashga harakat qilaman, va Toshkentga tashrifim davomida aynan shu masalalar bilan shug‘ullanaman", – deb yozgan Chexiya TIV rahbari.