Toshkentda "Yevropa iqtisodiy kunlari" bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 11:08 / 21.10.2024 717

Tadbirda Polsha infratuzilma vaziri o‘rinbosari Stanislav Bukovets, Jamg‘arma va mintaqaviy siyosat vaziri o‘rinbosari Konrad Voynarovskiy, Temiryo‘l transporti boshqarmasi rahbariyati, xorijiy diplomatik korpus hamda biznes va OAV vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati, istiqbollari va ushbu sohadagi imkoniyatlar alohida ta’kidlandi. Ikki davlatning iqtisodiy munosabatlarini yanada mustahkamlash, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

Joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Yevropa iqtisodiy kunlari" va O‘zbekiston-Polsha iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi doirasida o‘tkaziladigan biznes-forumda polyak kompaniyalari faol ishtirok etishga taklif etildi.

Ko‘proq yangiliklar: