Andijon va Toshkentda 1 mlrd so‘mdan ortiq “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

Jamiyat 13:24 / 21.10.2024 2711

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Andijon tumanida “K.R.” va “I.Ch.” MChJning mas’ul shaxslari “R.” nomli choyxona hamda ishlab chiqarish sexida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga yashirin ulangan. 

Oqibatda 717,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Shuningdek, Ohangaron tumanida “T.B.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida 2 dona suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulagan. 

Natijada jami 309,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: