Statistika agentligi 2024 yilning 9 oyi mobaynida Toshkent metrosida qancha yo‘lovchi tashilganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent metropolitenida jami 190,1 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 73,4 mln nafar yo‘lovchiga ko‘paygan bo‘lib, o‘sish sur’ati 162,9 foizni tashkil etgan.