YeI davlatlari deportatsiya bo‘yicha yangi qoidalarni zudlik bilan qabul qilishni talab etdi

Jahon 11:48 / 19.10.2024 1424

Yevropa Ittifoqi davlatlari muhojirlarni deportatsiya qilish tartibini tezlashtirishga qaratilgan yangi qoidalarni zudlik bilan qabul qilishga chaqirmoqda. 17 oktyabr, payshanba kuni Bryusselda e’lon qilingan YeI sammiti deklaratsiyasining migratsiya bo‘limida Yevropa Ittifoqi noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborishni osonlashtirish va tezlashtirish uchun «barcha darajalarda qat’iy choralar ko‘rishga chaqirishi» aytiladi.

Yevropa Ittifoqi yetakchilari, shuningdek, immigratsiyaning siyosiy ekspluatatsiyasiga qarshi kurashish va Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralarini «barcha mavjud vositalar yordamida hamda Yevropa va xalqaro huquqni hurmat qilgan holda» himoya qilishga qat’iyatli ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar. Deklaratsiyada ta’kidlanishicha, Rossiya, Belarus va boshqa davlatlar «qadriyatlarimizni, jumladan, boshpana olish huquqini suiiste’mol qilishiga va demokratiyamizga putur yetkazishiga» yo‘l qo‘ymaslik kerak. Yevropa Kengashi Polsha va ushbu muammolarga duch kelayotgan boshqa davlatlarga birdamlik bildirdi.

Sammit deklaratsiyasida «istisno holatlar tegishli choralar ko‘rishni talab qilishi» ham ta’kidlangan.

Yevroittifoq migratsiyani tartibga soluvchi yangi qonun tayyorlamoqda

Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqida qolish huquqiga ega bo‘lmagan muhojirlarni vatanga jo‘natish qoidalarini o‘zgartirish bilan bog‘liq qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu Yevropa Ittifoqi rahbari Ursula fon der Lyayyenning 14 oktyabr kuni kechqurun chop etilgan Yevropa Ittifoqi davlatlariga yo‘llagan maktubida aytilgan.

Qonun loyihasida «chiqarib yuborish bo‘yicha hamkorlikning aniq majburiyatlari» belgilanishi kutilmoqda va noqonuniy immigrantlarni uylariga yuborish «jarayonini samarali tarzda tartibga solish» kerak, deyiladi fon der Lyayyen maktubida.

Yevropa Komissiyasi raisining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi o‘z harakatlari samaradorligini oshirish uchun «yangi huquqiy bazaga muhtoj». Mamlakatlar Yevropa Ittifoqiga a’zo har bir davlat boshqasining qarorini tan olishi uchun «uyg‘unlik va ishonch darajasini» yaratishi kerak. «Bu Yevropa Ittifoqining boshqa davlatida bo‘lganida deportatsiyadan qochishning oldini olish uchun shart», deb ta’kidlaydi YeK rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: