O‘zbekiston Respublikasi hududida 19 oktyabr mahalliy vaqt bilan 01:32 da zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Toshkentdan 30 km janubiy-sharqda.
Episentr: Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani.
Zilzila koordinatalari: 41,03 gradus shimoliy kenglik; 69,39 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 km.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Nurafshon shahrida 2 ball, 4 km.
O‘rta Chirchiq tumanida 2 ball, 8 km.