Rossiya Qozog‘istondan bug‘doy, pomidor va qovun olib kirishni chekladi

Jahon 10:06 / 19.10.2024 3814

2024 yil 17 oktyabrdan boshlab Rosselxoznadzor Qozog‘iston Respublikasidan Rossiyaga bug‘doy, yasmiq, pomidor, qalampir va qovun olib kirishga vaqtinchalik cheklovlar kiritdi. Rosselxoznadzorning tegishli qarori idora saytida e’lon qilindi.

«2024 yil 17 oktyabrdan Rossiya Federatsiyasi hududiga Qozog‘iston Respublikasidan: bug‘doy (yumshoq va qattiq), yasmiq, moyli zig‘ir urug‘lari, pomidor, qalampir, qovun olib kirishga vaqtinchalik cheklovlar kiritilsin, g‘alla tranziti bundan mustasno», - deyiladi hujjatda.

Idora matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qozog‘iston vakolatli idoralari tomonidan Rossiya hududining fitosanitar xavfsizligini ta’minlash maqsadida choralar ko‘rilmagani sababli shunday qaror qabul qilingan. «Rosselxoznadzor Qozog‘iston tomonini, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarning vakolatli organlarini, shuningdek, Rossiyaning manfaatdor federal ijroiya organlarini qaror haqida xabardor qildi», — deyiladi xabarda.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil boshidan buyon Qozog‘istondan Rossiyaga kirib kelayotgan mahsulotlarda YeOIIga a’zo davlatlar uchun karantin toifasiga kiruvchi 215 ta holat aniqlangan, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan to‘rt baravar ko‘pdir.

Ko‘proq yangiliklar: