Rossiya «do‘st bo‘lmagan» davlatlar kompaniyalariga aktivlarini sotishni qiyinlashtiradi

Jahon 09:08 / 19.10.2024 2293

Rossiya Federatsiyasida chet elliklar tomonidan aktivlarni sotish bilan bog‘liq operatsiyalar uchun minimal chegirma 60 foizgacha oshdi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov ma’lum qildi.

«Chet elliklar uchun diskont 50 foizdan 60 foizgacha ko‘tarilmoqda», deya Siluanovning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Rossiya OAV. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, chet elliklar tomonidan Rossiyadagi biznesni sotish bilan bog‘liq bitimlar uchun budjetga to‘lanadigan hissa 15 foizdan 35 foizgacha oshadi. «15 foizdan 25 foizgacha darhol, plyus bir yilda besh foiz va keyingi yilda besh foiz, jami 35 foiz», deb tushuntirdi Siluanov.

Ukrainada mojaro boshlanganidan keyin mamlakatni tark etishga qaror qilgan ko‘plab G‘arb kompaniyalarining Rossiyadagi aktivlarini sotish tartibi 2022 yildan kuchga kirdi. Savdo tartib-qoidalariga rioya qilish va korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Siluanov raisligida hukumat komissiyasi tuzildi.

Ko‘proq yangiliklar: