Raqamlashtirish sohasidagi eksportchi korxonalar qo‘llab-quvvatlanadi

O‘zbekiston 07:10 / 19.10.2024 861

IT-park rezidentlariga quyidagi qo‘shimcha faoliyat turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi:

🔹axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan ta’lim xizmati doirasida, ingliz tili bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillarni ham o‘qitish;
🔹internet orqali axborot xizmatlarini eksport qilish faoliyati doirasida, biznes-jarayonlar autsorsingi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim faoliyatini amalga oshirish;
🔹internet orqali bilim jarayonlari autsorsingi (Knowledge Process Outsourcing) xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish.

2025 yil 1 fevraldan 2030 yil 1 yanvargacha eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSh dollaridan oshgan IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini ko‘rsatgan, O‘zbekiston bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish to‘g‘risida bitim tuzilmagan davlatlarning yuridik shaxslari ushbu kalendar yil yakunigacha foyda solig‘idan ozod etiladi.

2025 yil 1 fevraldan 2040 yil 1 yanvargacha jami daromadi tarkibida eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan IT-park rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari) – O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: