Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 22-23 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 oktyabrda kechasi +2...+7, kunduzi +12...+17; 22-23 oktyabrda kechasi +0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 oktyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +17...+22; 22 oktyabrda kechasi +8...+13, kunduzi +15...+20, 23 oktyabrda kechasi +8...+13; kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22-23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 oktyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +20...+25; 22 oktyabrda kechasi +8...+13, kunduzi +15...+20, 23 oktyabrda kechasi +8...+13; kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22-23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 22 oktyabrda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15, kunduzi 21 oktyabrda +20...+25; 22 oktyabrda +17...+22, 23 oktyabrda +15...+20 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21-22 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12, kunduzi 21 oktyabrda +21...+26, 22 oktyabrda +17...+22, 23 oktyabrda +12...+17 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22-23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 23 oktyabrda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 oktyabrda kechasi +7...+12, kunduzi +13...+18; 22 oktyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +10...+15, 23 oktyabrda kechasi +3...+8, kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.