Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi

O‘zbekiston 13:26 / 19.10.2024 5918

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Jamshid Qo‘chqorov “davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, muhim dasturlar va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari” uchun ushbu unvonga loyiq ko‘rilgan.

Ma’lumot uchun, Jamshid Qo‘chqorov 1964 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U mehnat faoliyatini 1985 yilda Kattaqo‘rg‘on shahar temir yo‘l texnikasining katta hisobchisi sifatida boshlagan. 

1996—1997 yillarda Markaziy bank raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1997 yilda Moliya vazirining o‘rinbosari — Moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan va 2005 yilgacha ishlagan. 2015—2016 yillarda moliya vazirining o‘rinbosari, so‘ngra moliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2017—2020 yillarda O‘zbekiston bosh vazirining makroiqtisodiy tahlil va bashorat qilish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan, Moliya vazirligini boshqargan.

Ko‘proq yangiliklar: