Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Energetika sohasini subsidiyalash 2028 yildan to‘xtatiladi” – Jamshid Qo‘chqorov
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov tariflar oshirilgani va aprelda yana oshirilishiga qaramay, nega budjetdan hali ham energetikaga subsidiyalar ajratilayotgani haqidagi savolga javob berdi.“Birinchidan, tariflarimiz xarajatlarni to‘liq qoplaydigan darajaga chiqqani yo‘q. Ikkinchidan, gazning ma’lum qismini import qilyapmiz”, – dedi u.

Foto: Senat matbuot xizmati
Bugun, 18 dekabr kuni Senat yalpi majlisida bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov chiqish qildi. U “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun yuzasidan ma’lumot berdi. Senatorlar vazirdan nima uchun narxlar oshganiga qaramay energetika sektorini subsidiyalash davom etayotganini so‘radi.
“Nima uchun tariflar oshirilsa ham, budjetdan hali ham subsidiyalar bor? Birinchidan, bizning tariflarimiz haligacha xarajatlarni to‘liq qoplaydigan darajaga chiqqani yo‘q. Ikkinchidan, gazning ma’lum qismini import qilyapmiz.
Shuning uchun tariflarni to‘liq o‘zini o‘zi qoplaydigan darajaga o‘tkazmasdan boshqa ilojimiz yo‘q. Shu nuqtayi nazardan joriy yilda tariflar oshgan bo‘lsa ham, Vazirlar Mahkamasining qarorida kelgusi yil 1 apreldan tariflarni yana oshirish takliflari ma’qullangan. Kelgusi yil, nasib bo‘lsa, 1 apreldan [elektr energiyasi va gaz] tariflari oshadi.
Umuman, subsidiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, kelgusi yil uchun budjet loyihasida gaz bilan elektrga subsidiyalar miqdori 7,5 trln so‘m bo‘ladigan bo‘lsa, joriy yilda bu 12 trln so‘m edi. Ya’ni kamayib boryapti”, – dedi Qo‘chqorov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, subsidiyalash 2025-2026 yillarda ham davom etadi, 2027 yilda esa “nasib bo‘lsa keskin kamayadi”. 2028 yildan boshlab energetika sektoriga subsidiya berilmaydi, deya ma’lum qildi hukumat a’zosi.
Ma’lumot uchun, 2025 yilda davlat budjeti hisobidan ajratilishi belgilangan subsidiyalarning umumiy qiymati 28,3 trln so‘mni tashkil etishi kutilyapti. Bunda energetika sohasi uchun 12,3 trln so‘m, xususan, gaz sotib olish va sotishdagi tafovutni qoplash uchun 7 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
Mavzuga oid

21:29 / 07.08.2025
Yarim yillik davlat budjeti: asosiy raqamlar

13:56 / 06.08.2025
Fuqarolar davlatga qariyb 63,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini sotdi

08:00 / 06.08.2025
Bolalar bog‘chasi uchun kimlarga subsidiya to‘lanadi?

08:42 / 31.07.2025