GFR kansleri: Turkiyaga tashrif chog‘ida ko‘p mavzularni muhokama qilish kerak bo‘ladi

Jahon 10:57 / 19.10.2024 2113

Germaniya federal kansleri Olaf Shols Turkiyaga tashrifi davomida migratsiya, Yevropa Ittifoqi bilan aloqalar, Berlin va Anqara o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga oid ko‘plab masalalarni muhokama qilish niyatida ekanini aytdi.

Bu haqda siyosatchi jurnalistlarga Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Shols Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan 19 oktyabrga belgilangan uchrashuv kun tartibida bir qator dolzarb masalalar borligini ta’kidladi.

«Migratsiya masalasi, albatta, har doimgidek muhim. Yevropa Ittifoqi va Turkiyaning bu borada hamkorlik qilishi to‘g‘ri va mantiqiydir. Biz buni doimo qo‘llab-quvvatlab kelganmiz va Yevropa Ittifoqini tegishli kelishuvlarni kengaytirishga chaqirganmiz», — dedi siyosatchi.

Shols Turkiya rahbari bilan uchrashuvda muhokama qilinishi rejalashtirilgan boshqa masalalarga e’tibor qaratdi.

«Turkiya va Yevropa o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, Berlin va Anqara munosabatlariga oid boshqa masalalarni muhokama qilishimiz kerak», dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: