Germaniya Bundestagi hukumat koalitsiyasi taklif qilgan xavfsizlik paketining qabul qilinishini ma’qulladi. 18 oktyabr, juma kuni deputatlarning aksariyati unga ovoz berdi.
Hujjatlar to‘plamining birinchi qismida Germaniyada boshpana va yashash bo‘yicha qonunchilikni qat’iylashtirish nazarda tutilgan. Xususan, deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan boshpana izlovchilar uchun davlat ijtimoiy nafaqalarini kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, qurolni saqlash va qo‘llash bo‘yicha qonunchilik qat’iylashtiriladi, pichoq olib yurishni taqiqlash kengaytiriladi.
Germaniya xavfsizlik organlarining vakolatlarini kengaytirish Bundesratda qo‘llab-quvvatlanmadi.
Germaniyada Rossiya maxsus xizmatlari faolligi oshgani qayd etildi
Germaniya rasmiylari, 14 oktyabr kuni Handelsblatt ishbilarmonlik gazetasida chop etilgan Germaniya Ichki ishlar vazirligi rahbari Nensi Fezerning intervyusiga ko‘ra, Rossiya razvedka xizmatlari faolligi oshganini qayd etmoqda. «Biz Putin rejimining tobora tajovuzkor bo‘lib borayotganini ko‘rmoqdamiz», dedi u bu borada. Keyinroq suhbatda vazir Rossiya razvedka xizmatlari bir qator rus agentlarining mamlakatdan chiqarib yuborilishi tufayli Germaniyada zaiflashganini ta’kidladi.
Fezerning so‘zlariga ko‘ra, nemis xavfsizlik xizmatlari «mamlakatni (Germaniya) Rossiya josusligi tahdidi, qo‘poruvchilik harakatlari va kiberhujumlardan himoya qilish uchun aql-bovar qilmaydigan resurslardan foydalanmoqda». Shu tariqa, bir necha oy oldin Germaniya Ichki ishlar vazirligi Moskva ko‘rsatmasi bo‘yicha tayyorlanayotgan portlovchi moddalar yordamida mamlakatda hujumlar sodir etilishining oldini olgan. Bu hujumlardan maqsad Germaniyaning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik edi, deya aniqlik kiritdi Handelsblatt suhbatdoshi.
Intervyu Germaniya parlamenti – Bundestagning Germaniya maxsus xizmatlari rahbarlari ishtirokidagi yalpi majlisi avvalida e’lon qilindi.