Yevropa rasman Moonlight kosmik dasturini ishga tushiradi

Fan-texnika 23:34 / 18.10.2024 520

Yevropa kosmik agentligi (EKA) kelgusi yigirma yil davomida rejalashtirilgan ko‘plab oy missiyalariga hamrohlik qilish uchun mo‘ljallangan Moonlight dasturi ishga tushirganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, kosmik agentliklar hamda xususiy kompaniyalar tomonidan 400 dan ortiq Oy missiyalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Moonlight koinotni o‘rganish bo‘yicha ushbu loyihalar muvaffaqiyati uchun muhim bo‘lgan aloqa va navigatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan.

Moonlight maqsadi Oy orbitasida sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘ini yaratishdan iborat. Mazkur sun’iy yo‘ldoshlar yuqori tezlikdagi aloqa va navigatsiya imkoniyatlari xizmatini taqdim etadi. Shu orqali Oy missiyalari 400 ming kilometr uzoqlikdan ma’lumotlar almashinuvida ishonchli infratuzilmaga ega bo‘ladi.

Ushbu xizmat yordamida kosmonavtlar va lunoxodlar Oy yuzasida xavfsiz harakatlanishi, real vaqt rejimida muhim ma’lumotlarni olishi hamda uzatishi mumkin bo‘ladi.

Dastur Yevropa kompaniyalari uchun ham keng iqtisodiy imkoniyatlarni ochib beradi. Umumiy aloqa va navigatsiya infratuzilmasini taqdim etish orqali Moonlight har bir missiya uchun alohida aloqa tizimlariga sarmoya kiritish zaruratini kamaytiradi, bu esa agentliklarga o‘z operatsiyalari hamda astronavtlariga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini taqdim etadi. Shuningdek, u kosmosda yangi tijoriy tashabbuslar uchun yo‘l ochishi mumkin.

 

Ko‘proq yangiliklar: