Vengriyada Alisher Navoiyga bag‘ishlab yodgorlik o‘rnatildi

O‘zbekiston 08:22 / 18.10.2024 1642

"Ushbu byust Vengriya-O‘zbekiston diplomatik aloqalari tarixida O‘zbekistonga bag‘ishlab Vengriyada ochilgan birinchi madaniy yodgorlik hisoblanadi. Ushbu loyiha vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan amalga oshirildi", – deyilgan materialda.

Tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Vengriya parlamenti spiker o‘rinbosari Shandor Lejak ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi bilan hozirgi vaqtda Vengriyaning turkiy dunyo mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekiston bilan asriy rishtalari qayta tiklanayotganini yuqori baholadi.

"Biz ota-bobolarimiz kindik qoni to‘kilgan yurtga hurmatimiz belgisi sifatida qardosh o‘zbek xalqining buyuk farzandi Alisher Navoiyga bag‘ishlangan haykalni yurtimizda o‘rnatishdan bag‘oyatda mamnunmiz. Ushbu yodgorlik bugun venger va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi o‘chmas do‘stlikka asos soldi. Madaniy aloqalarimizdagi bugungi tarixiy voqea munosabati bilan ikki mamlakat xalqlarini samimiy qutlayman", – deya spiker o‘rinbosari so‘zlaridan iqtibos keltirilgan nashrda.

Maqolada shuningdek, "O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov ushbu yodgorlikni o‘rnatish imkoniyati uchun Vengriya hukumatiga minnatdorlik bildirdi hamda o‘zbek-venger munosabatlarini barcha yo‘nalishlarda yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi", – deb yozilgan.

Ko‘proq yangiliklar: