Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasi transport vositalari uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgartiriladi, aholiga, yo‘lovchilarga va shaharsozlik normalariga mos tushadigan maskanga aylantiriladi.
Shu sababdan 18 oktyabrdan 20 dekabrgacha «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan, «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasining Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha yopiladi.