Surxondaryoda gaz quvuriga avtomobil urilishi oqibatida gaz ta’minotida uzilish yuz berdi

O‘zbekiston 07:46 / 18.10.2024 3180

Bugun, 18 oktyabr kuni tungi soat 01:30 lar atrofida Surxondaryo viloyati Denov tumani Olovuddin mahallasi hududidan o‘tuvchi katta bosimli gaz quvuriga avtomobil kelib urilgan.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, buning natijasida gaz ta’minotida uzilish yuz berdi.

Hodisa oqibatida tumandagi 3 950 ta xonadon va 20 ta yirik iste’molchi vaqtincha gazsiz qoldi.

Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan hamda yaqin vaqtlar ichida ta’minotni tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilayotganligini ma’lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: