Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘zining 50 yilligini nishonlamoqda.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva markazning barcha xodimlarini ushbu muhim sana bilan tabrikladi va ularning har kunlik fidokorona mehnatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
"Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni profilaktikasi hamda uni davolash bo‘yicha yangi davlat dasturi doirasida ayollarni skrining tekshiruvidan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtiramiz. Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan har bir ayol uchun baxtli onalikni kafolatlaydigan sharoit yaratishimizga ishonaman", deydi prezident yordamchisi.