Ryutte XXRni «RFning Ukrainaga qarshi urushi sherigi» deb atadi

Jahon 08:06 / 18.10.2024 1917

NATO bosh kotibi Mark Ryutte 17 oktyabr, payshanba kuni Bryusselda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida Pekinni Rossiya agressiyasiga yordam berishda aybladi. «Xitoy Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining hal qiluvchi sherigiga aylandi, u o‘z manfaatlari va obro‘siga ta’sir qilmasdan turib, Ikkinchi jahon urushidan beri Yevropadagi eng yirik mojaroni davom ettira olmaydi», dedi u NATO mudofaa vazirlari bilan uchrashuv haqida jurnalistlarga hisobot berib. Hind-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlaridagi hamkorlar ham ishtirok etgan majlisda Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi.

NATO Pekin bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishi kerakmi, degan savolga u Xitoy alyansning dushmani emas, deb javob berdi. «Xitoy — chaqiriq. U bizning raqibimiz emas, lekin bu chaqiriq: u Rossiyaning harbiy sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, sanksiyalarni chetlab o‘tadi, ikki tomonlama mahsulotlarni yetkazib beradi va bu Xitoyning dunyodagi mavqeyiga ta’sir qiladi», — dedi Ryutte. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekinning bu pozitsiyasi boshqa mamlakatlarni bu boradagi fikrlarini o‘zgartirishga majbur qilmoqda.

Mark Ryutte Ukrainani NATOga qabul qilish muddatini ochiqlamadi 

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Ukrainani alyansga qabul qilish bo‘yicha aniq muddatni aytmadi. 16 sentabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida u NATOning Vashingtondagi avvalgi sammiti yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan rezolyutsiyaga ishora qildi, xususan, Kiyevning yevroatlantik integratsiyasi yo‘lining «qaytarib bo‘lmasligi» haqida gapirdi.

«Vashingtonda NATO Ukraina uchun NATO a’zoligiga yo‘l ochishga (ortga qaytarib bo‘lmaydigan tarzda), qaror qildi», deya axborot agentliklari Ryutte so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, «kelgusi qadamlarni qanday qo‘yish va ularni qanday qilib muvaffaqiyatli qilish»ni tushunish uchun ittifoqchilar va Kiyev bilan «yaqindan aloqada» bo‘lib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: