Rossiyadan deportatsiya qilinadigan migrantlarga o‘z geolokatsiyasi haqida xabar berish yuklandi

Jahon 22:18 / 18.10.2024 3903

Rossiyada noqonuniy migrantlarga o‘z manzili haqidagi ma’lumotlarni geolokatsiya bilan fotosurat ko‘rinishida Ichki ishlar vazirligiga yuborish majburiyati yuklandi. Gap yangi deportatsiya rejimi qo‘llanilganlar haqida ketmoqda.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining buyrug‘i loyihasidan kelib chiqqan holda, deportatsiya rejimi qo‘llaniladigan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni geolokatsiya ko‘rsatilgan fotosurat ko‘rinishida ularning joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuborish majburiyatini yuklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Gap xorijliklarni saqlash uchun maxsus muassasalarda, tergov hibsxonalarida yoki koloniyalarida bo‘lmaganlar haqida ketmoqda. Qolgan barcha o‘z yashash joyi, Rossiyadan rejalashtirilgan chiqib ketish sanasi yoki bunga to‘sqinlik qiladigan holatlar haqida ma’lumot berishi kerak.

«Agar Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organiga shaxsan kelishning iloji bo‘lmasa, nazorat ostidagi shaxsga o‘z joylashgan joyi to‘g‘risida ma’lumot yuborish geolokatsiya belgisi bilan fotosuratli ma’lumotni yuborish orqali amalga oshiriladi», deyiladi hujjatda.

Buyruq 2025 yil 5 fevraldan kuchga kirishi kutilmoqda.

Migrantlarning deportatsiya rejimi 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Bu Rossiyada noqonuniy bo‘lgan xorijliklarga nisbatan qo‘llaniladi. Xususan, huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan. Ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritiladi.

Ushbu reyestrdagi migrantlarga ko‘chmas mulk va transport vositalari sotib olish, avtomobil haydash, kredit olish, nikohdan o‘tish, yangi bank hisob raqamini ochish va mavjud hisob raqamdan oyiga 30 ming rubldan ortiq mablag‘ sarflash, shuningdek, Rossiya bo‘ylab erkin harakatlanish taqiqlanadi.

Rossiyani tark etganidan so‘ng, migrant ushbu reyestrdan chiqariladi.

Ko‘proq yangiliklar: