Muloqot davomida ikki mamlakat muzeylari o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Jon Simpson O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan Britaniya muzeyi hamkorligida tashkil etilgan "Ipak yo‘llari" ko‘rgazmasi yuqori baholanayotganini ta’kidladi.
Suhbat yakunida madaniyat va san’atni rivojlantirish, ilmiy-ijodiy va tarixiy arxeologik merosni o‘rganish hamda asrash yo‘nalishlarida hamkorliklarni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.
Britaniya muzeyi dunyodagi eng qadimgi, eng katta va eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzeylardan biridir. U 1753 yilda qirollik shifokori va san’at kollektori Xans Sloan tomonidan asos solingan va u o‘z kolleksiyasini davlatga vasiyat qilgan. Muzey ko‘rgazmalarida umumiy uzunligi 4 km bo‘lgan 94 ta galereya mavjud. Hozirda Britaniya muzeyi qadimiy dunyoning hashamatli kolleksiyalariga ega dunyodagi eng yirik tarixiy va arxeologik madaniy dargoh hisoblanadi. Har yili unga 6 million kishi tashrif buyuradi.