Kapitalbank va Uzum «Retail Week Awards 2024» taqdirlash marosimida beshta mukofotga sazovor bo‘ldi

Jamiyat 17:53 / 18.10.2024 1919

Mukofotning maqsadi – chakana bozorning eng munosib vakillarini e’tirof etish, o‘tgan yilda chakana savdo sohasida erishilgan eng muhim yutuqlarga professional hamjamiyatning e’tiborini jalb qilish, shuningdek, mutaxassislarni tarmoqni rivojlantirishning eng yaxshi ilg‘or amaliyotlari bilan ta’minlash.

Kapitalbank "Chakana biznes uchun eng yaxshi bank xizmati" nominatsiyasida mukofotlardan birini qo‘lga kiritdi. Uzum ekotizimi xizmatlari bir nechta nominatsiyalarda g‘olib bo‘ldi: Uzum Bank "Eng yaxshi logistika xizmati" va "Eng tez rivojlanayotgan marketpleys", shuningdek, "Markaziy Osiyoning eng yirik tarmoq–marketpleysi", Uzum Bank esa "Chakana biznes uchun eng yaxshi bank xizmati" mukofotiga sazovor bo‘ldi.

“Biznesni rivojlanishining barcha bosqichlarida qo‘llab-quvvatlash, biznesni muvaffaqiyatli yuritish uchun moslashuvchan yechimlarni taklif qilish – Kapitalbankning muhim yo‘nalishlaridan biri, - deydi bank Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. - Va bu mukofot tadbirkorlarga hozirgi vazifalarni hal qilishda va uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishda yordam berish bo‘yicha to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayotganimizni tasdiqlaydi. Biz xizmatlarimizni biznes uchun eng foydali bo‘lishi va bankimiz esa tadbirkorlar uchun ishonchli sherik bo‘lib qolishi uchun takomillashtirishni davom ettiramiz.

16-17 oktabr kunlari Toshkentda "Central Asia Retail Week" elektron tijorat va chakana savdo forumi bo‘lib o‘tdi. Zamonaviy chakana biznes rivojlanishining eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan sessiyalarda 200 dan ortiq spiker hamda mahalliy va xorijiy e-commerce bozorlarining 1500 nafar ishtirokchisi ishtirok etdi.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: