Uzum raqamli ekotizimi 2024 yilda O‘zbekistonda qariyb 1,2 trillion so‘m soliq to‘ladi

O‘zbekiston 16:56 1052

Uzum milliy raqamli ekotizimi 2024 yilda O‘zbekiston budjetiga qariyb 1,2 trillion so‘m (94,8 million dollardan ortiq) mablag‘ o‘tkazib, mamlakatdagi eng yirik xususiy soliq to‘lovchilardan biri bo‘ldi. Ekotizim soliq to‘lovlari hajmi bo‘yicha O‘zbekistondagi xususiy kompaniyalar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, yil davomida Uzum’ning soliq to‘lovlari miqdori 28 foizga oshdi. Bu O‘zbekiston budjeti daromadlarining 0,3 foizini ta’minladi.

Shu bilan birga, yil davomida ekotizimning soliq ajratmalari miqdori 28 foizga oshdi va O‘zbekiston budjeti barcha daromadlarining 0,3 foizini ta’minladi.

2024 yilning oxiriga kelib Uzum ekotizimi xizmatlaridan O‘zbekistonning har uchinchi fuqarosi foydalangan. Ekotizim mahsulotlari ustida butun mamlakat bo‘ylab 11 mingdan ortiq xodim ishlaydi, Uzum esa IT sohasida ish o‘rinlarini faol yaratmoqda, shuningdek, mamlakatning barcha hududlarida yoshlarning kasbiy o‘sishi uchun imkoniyatlar taqdim etmoqda. O‘tgan yili kompaniya 3000 ga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratdi. Bunda Uzum hamkorlaridagi ish o‘rinlari hisobga olinmagan.

Bundan tashqari, Uzum xizmatlari va infratuzilmasidan o‘z biznesini rivojlantirish uchun foydalanadigan hamkorlarda ham yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lmoqda. Bular Uzum Market milliy marketpleysida tovarlarni sotuvchi tadbirkorlar, Uzum Tezkor yetkazib berish xizmati bilan hamkorlik qiluvchi restoranlar, kafe, do‘konlar va boshqalardir. Shunday qilib, raqamli ekotizimning rivojlanishi bilan butun mamlakat bo‘ylab kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar vujudga kelmoqda.

"Uzum raqamli xizmatlari O‘zbekistonda kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bizning qarorlarimiz tufayli minglab tadbirkorlar o‘z bizneslarini rivojlantirish va kengaytirish uchun zamonaviy vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Biz millionlab odamlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga sarmoya kiritishda davom etmoqdamiz, — deydi Uzum ekotizimi asoschisi va CEO Jasur Jumayev. — Mamlakatimizda biznes uchun fintech xizmatlari va elektron tijoratni rivojlantirish orqali biz iqtisodiyotni oqartirish va soliq tushumlarini oshirishga hissa qo‘shamiz. Biz O‘zbekistonni xalqaro investitsiya va IT hamjamiyati uchun yana-da jozibador qilish orqali mamlakatimiz ravnaqi va taraqqiyotiga hissa qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz".

Uzum haqida

Jismoniy shaxslar, kichik va o‘rta biznes uchun fintech, e-commerce va bank xizmatlarini birlashtirgan O‘zbekiston raqamli ekotizimi: marketpleys, tezkor yetkazib berish xizmati, klassik va raqamli banklar, BNPL-xizmati, avtomobil sotib olish platformasi, shuningdek, tadbirkorlar uchun ilova. Uzum xizmatlaridan har oyda O‘zbekistonning 13 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.

Ko‘proq yangiliklar: