«Kapitalbank» tadbirkorlarga kassa apparatlarini bepul taqdim etadi

Jamiyat 14:52 / 05.04.2024 5890

— O‘z biznesini ochishga qaror qilgan o‘zbekistonliklar soni ortib bormoqda va biz bu yo‘lda ularning ishonchli yordamchisi bo‘lishga tayyormiz, – deydi «Kapitalbank» kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha boshqaruv direktori Andrey Shennikov. — Mutaxassislarimiz mijozlarga hisob-raqami ochishda yordam beradi, Uzum Business ilovasida qanday qilib onlayn to‘lov va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘llarini aytib beradilar, biznesni yangi boshlagan tadbirkorlarning asosiy savollariga javob beradilar va yordam berish uchun doimo aloqada bo‘ladilar. Biz, tadbirkorlar o‘zlarining e’tiborini biznesni rivojlantirishga qaratishlari uchun barcha zarur bank xizmatlarini taqdim etamiz.

Maxsus taklifdan foydalanish uchun Kapitalbank’da hisob-raqamini ochish kerak bo‘ladi. Taklif 2024 yil 30 iyungacha Toshkent shahrida amal qiladi.

Bunda "Hammasi 0 evaziga" biznes tarifiga quyidagilar kiradi:

- Onlayn kassa apparati;

- Hisob raqami ochish;

- Abonent to‘lovi;

- ATB «Kapitalbank» mijozlariga pul o‘tkazmalari;

- O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklariga pul o‘tkazmalari;

- Jismoniy shaxslarning kartalariga pul o‘tkazmalar;

- Korporativ kartalarga pul o‘tkazmalari;

- Kassadan naqd pul yechish;

- Uzum Business ilovasida onlayn-bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati.

Batafsil ma’lumotni quyidagi raqamlardan olish mumkin:

+998 78 148 11 33 (Kapitalbank)

+998 78 120 2323 (Arca grup)

Bank mijozlari hisob-raqam ochish uchun sayyor menejyer xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bank menejyeri bilan uchrashish uchun arizani business.kapitalbank.uz sayti orqali yoki (+998) 78–148–11–33 telefon raqami orqali yuborish lozim.

Uzum Business ilovasini Google Play va App Store’dan yuklab olish mumkin.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: