Britaniya leyboristlari Harrisni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 kishini yuboradi

Jahon 08:54 / 18.10.2024 1357

Buyuk Britaniyada leyboristlar partiyasining 100 nafar amaldagi va sobiq xodimlarini Demokratik partiya nomzodi Kamala Harris uchun AQSh prezidentligiga saylovlarda ikkilanayotgan shtatlarda saylovoldi tashviqoti uchun yuboradi. Xalqaro ommaviy axborot vositalari 17 oktyabr, payshanba kuni Leyboristlar partiyasi operatsion bo‘limi rahbari Sofiya Patelning bir kun avval LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ida qilgan tegishli bayonotiga e’tibor qaratdi.

«Keyingi bir necha hafta ichida Leyboristlar partiyasining 100 ga yaqin hozirgi va sobiq xodimi AQShga: Shimoliy Karolina, Nevada, Pensilvaniya va Virjiniyaga boradi», deb yozdi u. «(Shimoliy) Karolina shtatiga borishga tayyor bo‘lganlar uchun menda 10 ta bo‘sh joy bor — biz sizning turar joyingiz bilan shug‘ullanamiz», — deya qo‘shimcha qildi Patel.

Respublikachilar partiyasining ayrim a’zolari, xususan, Trampning sobiq yordamchisi Sebastyan Gorka rejani «g‘azabnok» deb atadi va mamlakatning sobiq prezidenti, respublikachi nomzod Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, bunday harakat Londonning Vashington bilan munosabatlariga putur yetkazishi mumkinligini aytdi, deb yozadi The Telegraph gazetasi.

Ko‘proq yangiliklar: