AQShda Tesla’ning 2,4 millionta mashinasi tekshiruvdan o‘tkaziladi

Fan-texnika 23:57 / 18.10.2024 2250

AQSh Yo‘llarda xavfsiz harakatni ta’minlash milliy boshqarmasi (NHsA) avtonom boshqaruv dasturiy ta’minot bilan jihozlangan 2,4 millionta Tesla avtomobilini tekshirishni boshlaydi. Reutersʼning yozishicha, bu bir fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan to‘rtta YTHdan keyin boshlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagi modellarni tekshirish boshlanadi: 2016-2024 yillar davomida ishlab chiqariglan Tesla S va X, 2017-2024 yillardagi Tesla 3 modeli, shuningdek, 2020-2024 yillarda ishlab chiqarilgan Tesla Y hamda Cybertruck elektropikaplari.

Ta’kidlanishicha, NHsA tekshiruvlari natijasi bo‘yicha ushbu transport vositalari chaqirib olinishi mumkin. Tekshiruvlar Tesla avtomobillaridan biri avtonom boshqaruv vaqtida piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lganidan keyin boshlangan.

Iyun oyida esa Tesla xavfsizlik kamarini taqishdagi ogohlantirish tizimida kuzatilgan nosozlik sabab AQShda 125 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib olishi ma’lum bo‘lgandi. Aprelda esa Tesla 4 mingga yaqin Cybertruck elektromobillarini chaqirib olishi aytilgan edi. Ushbu mashinalarning gaz tepkisi detali almashtirilishi kerak.

Oktyabrda bo‘lsa Tesla AQSh bozorida standart quvvat zaxirasiga ega Model 3 elektromobillari savdosini to‘xtatgandi. Yaqin vaqtga qadar elektr sedan kompaniya sayti orqali 38 ming 990 dollardan sotilayotgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: