AQSh O‘zbekistonda tibbiy tasvirlar milliy arxivini yaratishi mumkin

O‘zbekiston 09:46 / 18.10.2024 670

Tashrif doirasida qator uchrashuvlar, jumladan, O‘zbekiston hukumati va AQShning yirik IT kompaniyalari vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Ishtirokchilar raqamli iqtisodiyot va texnologiyalar sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Asosiy e’tibor O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamli transformatsiyalash, zamonaviy elektron to‘lov tizimlari, jumladan Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, ishbilarmonlik muhitini va mamlakatning turistik jozibadorligi yaxshilash hamda daromadlilik darajasini oshirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalariga qaratildi.

Yangi raqamli yechimlar va xizmatlar yaratish uchun innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish muhimligi alohida ta’kidlandi. Respublikada startaplar rivojlanishiga ko‘maklashish, Amerika va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida yaqinroq muloqotni ta’minlash uchun platforma yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar O‘zbekiston Raqamli rivojlanish vazirligi huzurida doimiy ishlaydigan ishchi guruh tuzish taklifini qo‘llab-quvvatladilar. Ushbu platformaning asosiy maqsadi erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarni ishlab chiqish, shuningdek, IT sohasida qo‘shma loyihalarni ilgari surishdan iborat bo‘ladi.

AQSh biznes missiyasi a’zolari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ham ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekistonda tibbiy texnologiyalar sohasida hamkorlikning yangi imkoniyatlari, tadqiqot va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Sog‘liqni saqlash tizimiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, endokrinologik kasalliklar, jumladan, qandli diabet kasalliklarini erta aniqlash va kompleks davolash sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratilib, ayollar va bolalarni qamrab olish muhimligi ta’kidlandi.

AQSh kompaniyalari respublikada kardiologik axborot tizimini o‘rnatish masalasini birgalikda o‘rganish, shuningdek, tibbiy hujjatlarni arxivlash asosida tibbiy tasvirlar milliy arxivini yaratishga qiziqish bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: