«Rossiyani darhol chetlatishgandi, Isroil bilan nega bunday qilishmadi?» – Luchano Spaletti

Sport 22:48 / 17.10.2024 9636

Italiyalik mutaxassis Rossiya Ukrainaga hujum qilgach barcha xalqaro turnirlardan chetlatilgani kabi Isroil ham Falastindagi xunrezliklari uchun FIFA va UYeFA bayrog‘i ostidagi musobaqalaridan diskvalifikatsiya qilinishi kerak edi, deb hisoblamoqda.

«Rossiyani boshqa mamlakatga hujum qilgani uchun xalqaro turnirlardan darhol chetlatishgandi, falastinliklarga nisbatan genotsid uyushtirgan Isroil bilan esa nega bunday qilishmadi? Bizni mana shunday mamlakat jamoasiga qarshi maydonga tushishga majburlashayotgani achinarli», - deya Spalettining so‘zlarini keltirgan Corriero dello Sport.

Ma’lumot uchun, Italiya milliy jamoasi Millatlar ligasi doirasidagi bahsda Isroilni yirik hisobda (4:1) mag‘lub etib, guruhda 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Isroil esa ochkosiz guruhda so‘nggi o‘rinni band etgan.

Ko‘proq yangiliklar: