Robaxon Mahmudova jamiyat taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida samarali mehnat qilib, qadr topgan qadri ulug‘lar bilan dildan suhbatlashar ekan, so‘nggi yillarda keksa yoshdagi fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘la huquqli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, katta avlodning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish borasida ko‘plab amaliy ishlar qilingani, bu borada hududlarda shu kabi "Nuroniylar maskani" qurilib, foydalanishga topshirilayotganini alohida ta’kidladi.
“Biz uchun hayotingiz va faoliyatingiz ibrat, aytgan har gapingiz hikmat desam, yanglishmagan bo‘laman. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, siz, sizlar timsolingizdagi yurtimizdagi barcha keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash partiyamizning kelgusi besh yillikda ham ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qoladi. 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturimizda keksa avlod haqida qayg‘urish doimiy diqqat-eʼtiborimizda bo‘lishini inobatga olib, bu borada keksalarga mo‘ljallangan turli-tuman tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi alohida kompleks sog‘lomlashtirish dasturi ishlab chiqish, ayniqsa, qariyalar bilan ishlaydigan shifokor-gerontologlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, shifoxonalar va poliklinikalarda qariyalar bilan ishlovchi shifokor-gerontolog shtatini joriy etishni rejalashtirganmiz”, — dedi Siyosiy Kengash raisi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Qahramoni Botirjon Temirov Saylovoldi dasturidagi "qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini oshirish", O‘zbekiston xalq artisti Sultonali Mannopov "umumta’lim maktablarida "Aqlli maktab" tizimini joriy etish", mehnat faxriysi Manzuraxon Ahmadaliyeva esa "xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan asrash bo‘yicha ijtimoiy muhofaza choralarini kuchaytirish" takliflarini qo‘llab-quvvatlab, ularning ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Reklama