RF HKK Suriyaning Idlibidagi 27 ta nishonga zarba berdi

Jahon 13:03 / 17.10.2024 5964

14-16 oktyabr kunlari Rossiya HKK Suriya shimoli-g‘arbidagi Idlib provinsiyasida Idlib deeskalatsiya zonasidagi 27 ta nishonga havodan zarba berdi.

Bu haqda "Aviatsiya observatoriyasi" xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, Rossiya harbiy samolyotlari taxminan uch oylik tanaffusdan so‘ng so‘nggi kunlarda Idlibni o‘qqa tutishni kuchaytirgan.

Suriya rejimiga qarshi bo‘lgan «Hayat Tahrir ash-Shom» (Xsh) guruhining 26 pozitsiyasiga hujum qilindi.

Rossiya jangovar samolyotlari Ayn az-Zarqa qishlog‘idagi elektr taqsimlash markazini ham nishonga oldi.

Bashar Asad rejimi kuchlarining Halab g‘arbidagi Etarib hududi va Idlib janubidagi Maarbellit qishlog‘iga uyushtirgan hujumlari natijasida o‘tgan ikki kun ichida ikki tinch fuqaro halok bo‘ldi. Yana 8 fuqaro yaralangan.

Ko‘proq yangiliklar: