Uchrashuvlar davomida xorazmlik yoshlar, ayol-qizlar va nuroniylar bilan samimiy suhbatlar olib borildi. Mahmudova saylovchilarning fikr-mulohazalarini diqqat bilan tinglab, ular bilan o‘zaro fikr almashdi. Bu, partiya dasturini tushuntirishdan tashqari, aholining haqiqiy ehtiyojlarini anglash imkonini berdi.
Robaxon Mahmudova, shuningdek, tarixiy shaharning ko‘chalarida mahalliy aholi bilan birga sayr qildi. U shaharning boy merosi, madaniyati va an’analari bilan tanishib, hunarmandlar va tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Ushbu noodatiy targ‘ibot uchrashuvi saylovchilar tomonidan ijobiy qabul qilindi.
Uchrashuv yakunida Mahmudova: "Bugungi muloqotlarimiz biz uchun juda muhim. Sizlarning fikr va takliflaringiz partiyamizning kelgusi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Biz birgalikda adolatli va farovon jamiyat qurishga intilamiz", — deya ta’kidladi.
Reklama huquqi asosida