Ikki mingdan ortiq noqonuniy migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Jahon 22:16 / 17.10.2024 2758

Moskvada bir hafta davom etgan «Nelegal-2024» operatsiyasining ikkinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra, 2 mingdan ortiq migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi, deb yozdi «RIA Novosti» Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib.

Tadbir doirasida Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahridagi Bosh boshqarmasi politsiya xodimlari tomonidan migratsiya qonunchiligining 13 mingdan ortiq buzilishi aniqlangan.

«Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra adliya organlari chet el fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududidan ma’muriy ravishda chiqarib yuborish to‘g‘risida ikki mingdan ortiq qaror qabul qildi. Shuningdek, chet el fuqarolarini deportatsiya qilish to‘g‘risida 20 ta qaror qabul qilindi, 12 nafari deportatsiya qilindi», deyiladi xabarida.

Qayd qilinishicha, Rossiya Jinoyat kodeksining noqonuniy migratsiyani tashkil etish moddalari bo‘yicha 420 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

«Nelegal-2024» operatsiyasining birinchi bosqichi 2024 yil iyun oyida o‘tkazilgan va migratsiya sohasida 50 mingdan ortiq qonunbuzilishi aniqlangan, qariyb 9 ming migrant Rossiyadan chiqarib yuborilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: