Jahon darajasidagi mahsulotlarning ishonchli sifati
HAVAL H6 – bu dunyoda mavjud bo‘lgan eng qat’iy texnik standartlarga muvofiq, shuningdek, yangi avtomobillarning xavfsizligini baholash dasturlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan yuqori sifatli krossover. Bunga Xitoyning Tyanzin va Syushu zavodlaridagi yuqori texnologik ishlab chiqarish jarayonlari tufayli erishildi. Zamonaviy avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlangan ushbu zavodlar ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida qat’iy nazoratni ta’minlamoqda. Mahsulot sifati HAVAL uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lganligi eng yaxshi jahon amaliyoti va texnologiyalaridan foydalanish bilan tasdiqlanadi.
HAVAL texnik markazida 10 mingdan ortiq xodim mehnat qilib, ulardan 1000 ga yaqini yetakchi mahalliy va xorijiy ekspert, jumladan, 400 dan ortiq mutaxassis Germaniya, AQSh va Fransiya kabi 20 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurishgan.
Jamoadagi asosiy shaxslardan biri – avval Land Rover yo‘ltanlamaslari uslubi uchun mas’ul bo‘lgan global dizayn bo‘yicha direktori Fil Simmons va Volkswagen va Daimler’da ish tajribasiga ega transmissiya tizimlari bo‘yicha bosh muhandis Gerxard Xenning.
Bosch, ZF, Borg Warner, Schaeffler, Delphi, Continental, TRW, Hella, Valeo, Mahle, Autoliv, Johnson Controls va Brose kabi butlovchi qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchilari bilan hamkorlik qilish orqali siz eng yangi texnologiyalar va yuqori sifat standartlarini o‘zida mujassam etgan avtomobilga ega bo‘lasiz.
Zamonaviy va qudratli dvigatellar
HAVAL H6 kapoti ostida O‘zbekiston yo‘llarida sinovdan o‘tgan, mahalliy talablarga to‘liq moslashtirilgan dvigatel o‘rnatilgan. Ular Borg Warner, Delphi va Mahle kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning qismlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan. Bu avtomobilning ishonchliligi, samaradorligi va a’lo darajadagi unumdorligini ta’minlaydi va mazkur sifatlar, ayniqsa shahar sharoitida va uzoq masofalarga safar qilish uchun muhimdir.
Keng va qulay bo‘lgan salon
HAVAL H6 saloni qulaylik va funksionallikning mukammal mutanosibligini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘z turkumidagi eng keng bo‘lganlardan biri bo‘lib, u har bir safarni yoqimli qiladigan qulayliklarni taklif qiladi. Standart komplektatsiyada old tomon o‘rindiqlarni isitish, orqa tomon ko‘rinish oynalarni elektr bilan sozlash va isitish, shuningdek, peshoyna va yuvuvchi tizim forsunkasini isitish ko‘zda tutilgan.
“Prestige” va “Premium” komplektatsiyasida isitish tizimiga ega ko‘p funksiyali charm bilan qoplangan rul chambaragi va ventilyatsiya qilinadigan old tomon o‘rindiqlari mavjud bo‘lishi qo‘shimcha qulaylikni ta’minlaydi. “Premium” komplektatsiyasida o‘rnatilgan ionlashtirish funksiyasiga ega havo tozalash tizimi salon ichidagi havo sifatini yaxshilashi, ayniqsa yo‘lovchilar salomatligi uchun muhimdir.
Uzoq xizmat muddati va korroziyadan himoyasi
Ruxlangan HAVAL H6 kuzovi avtomobilning xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytiradigan uzoq xizmat muddati va korroziyadan himoyalanishini kafolatlaydi. Kuzovni ishlab chiqish jarayonida qo‘llanadigan yuqori sifatli injiniring tashqi muhit ta’sirlariga chidamlilik va mustahkamlikni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalar va materiallarni o‘z ichiga oladi. Ushbu xususiyatlar krossoverni sifat va chidamlilikni qadrlaydigan haydovchilar uchun ishonchli tanlovga aylantiradi.
Avtomobilni boshqarish qulayligi
HAVAL H6 zamonaviy yoritish tizimlari va 190 mm yuqori klirensi bo‘lganligi uchun safar davomida maksimal qulaylikni taklif qilishi, uning a’lo darajadagi harakatlanishini ta’minlaydi. To‘liq, shu jumladan old va orqa faralar LED optikasi, har qanday sharoitda yuqori darajadagi ko‘rish imkoniyatini ta’minlaydi.
Krossover turli xil yo‘llarda va har qanday ob-havo sharoitlarida ishonchli harakatlanishni ta’minlaydigan, yo‘l bilan bog‘lanishni oshiradigan va boshqaruvni yaxshilaydigan to‘liq uzatma tizimi bilan jihozlangan. Mazkur imkoniyatlar HAVAL H6 ni ham qulaylik, ham yangi yo‘nalishlarni o‘rganish imkoniyatini qadrlaydiganlar uchun mukammal tanlovga aylantiradi.
Bundan tashqari, krossover past tezlikda harakatlanish (TJA) funksiyasiga ega adaptiv-kruiz nazorati (ACC) bilan jihozlangan bo‘lib, u avtomatik ravishda belgilangan tezlikni ta’minlaydi va avtomobilning oldindagi harakatiga qarab uni tartibga soladi. Ushbu tizim shaharda harakatlanish sharoitida haydashni sezilarli darajada osonlashtiradi va uzoq safarlarni yanada qulaylashtiradi.
Xavfsizlik – asosiy ustuvorlik
HAVAL H6 bir qator innovatsion tizimlarni o‘z ichiga olgan xavfsizlikka kompleks yondashuvni taklif qiladi. Old va yon xavfsizlik yostiqchalari haydovchi va yo‘lovchilarni old va yon to‘qnashuvlarda himoya qiladi. Avtoturargohdan orqa tomonga harakatlanish assistenti (RCTA) to‘siqlar aniqlanganda avtomatik ravishda tormozni qo‘llash orqali to‘xtash joyidan xavfsiz chiqishda yordam beradi.
Ko‘r hududlarni monitoring qilish tizimi (BSD) haydovchini ko‘r hududlarda avtomobillar mavjudligi haqida ogohlantiradi va yo‘l chizig‘i bo‘ylab yo‘lni o‘zgartirganda avariya xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, eshiklarni ochishda to‘siqlar to‘g‘risida ogohlantirish tizimi (DOW) o‘tib ketayotgan avtomobillar va velosipedchilar bilan bexosdan to‘qnashuvlarning oldini oladi. Piyoda va velosipedchilarni aniqlab olishga ega avtomat tarzda tormozlash tizimi (AEB) to‘qnashuv xavfi bo‘lgan taqdirda favqulodda tormozlashni ta’minlaydi, bu esa barcha yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi.
HAVAL H6 – bu shunchaki krossover bo‘lmasdan, balki sizning yo‘ldagi ishonchli yo‘ldoshingizdir. Uni ANCAP va C-NCAP qat’iy krash-testlarida 5 ta yulduzni olishi, uning xavfsizlik bo‘yicha ajoyib ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi. Mazkur yuqori baholar avtomobilning ishonchliligi va sifatini ta’kidlaydi, shuningdek, brendning ijobiy imijini yaratadi. Xavfsizlik tanlovning asosiy omillaridan biriga aylanayotgan zamonaviy avtomobil bozori sharoitida HAVAL H6 haydovchi va yo‘lovchilar uchun maksimal himoyani ta’minlab, barcha talablarga javob bermoqda.
Kafolat va servis xizmat ko‘rsatish
HAVAL H6 ni xarid qilishda xaridor 5 yil yoki 150 000 km yo‘l bosish kafolatini olishi ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulotiga bo‘lgan ishonchini ta’kidlaydi. Butun O‘zbekiston bo‘ylab rasmiy servis markazlarida qulaylik va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, H6 egasiga avtomobilning ishonchliligiga bo‘lgan xotirjamlik va ishonchni belgilaydi. Rasmiy servis xizmat ko‘rsatish markazlari malakali xizmatlar va asl ehtiyot qismlarni taklif qilishi orqali sotib olingan krossoverdan uzoq muddat davomida foydalanishni ta’minlaydi.
HAVAL (Great Wall Motor) avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi hisoblanadi.
HAVAL krossoverlarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan siz haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.
HAVAL axborot aloqa telefoni: +998 (71) 287-88-88
E-mail: info@haval.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Reklama huquqi asosida